Anesteziya qachon qoʻllaniladi?
Mahalliy anesteziya quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
- stomatologiyada — tish va tish kanallarini davolashda, tish pulpasi(tishning yumshoq ichki toʻqimasi) va milklari operatsiyalarida, tish olib tashlashda;
- oftalmologiyada — kataraktani jarrohlik yoʻli bilan davolashda (katarakta — koʻz linzalarining xiralashishi), koʻz yosh kanali yoʻllarini tiklashda, yengil koʻz jarohatlarida;
- otorinolaringologiyada(LOR) — bodomsimon bezlarni olib tashlashda;
- kosmetologiyada — inyeksiya, iplarni oʻrnatishda, lazer yordamidagi davoda;
- umumiy anesteziyaga qarshi koʻrsatmasi bor shaxslarda;
- poliklinika sharoitida kichik jarrohlik aralashuvlarida.
Regionar anesteziya quyidagi holatlarda qoʻllaniladi:
- akusherlik va ginekologiyada — tugʻruq paytida, kesarcha kesishda;
- travmatologiyada — shikastlangan a’zodagi ogʻriqni bartaraf etishda;
- operatsiyadan keyingi ogʻriqni kamaytirish uchun;
- surunkali bel ogʻrigʻini davolashda.
Umumiy anesteziya esa quyidagilarda qoʻllaniladi:
- jarrohlikda;
- barcha travmatik, murakkab va uzoq davom etadigan operatsiyalarda;
- qorin va koʻkrak boʻshligʻi a’zolari, tos a’zolari va qorin orti boʻshligʻida oʻtqaziladigan keng koʻlamli jarrohliklarda (boʻshliq operatsiyalari).
Anesteziya haqida koʻproq ma’lumot olish uchun "Anesteziya nima" maqolasini oʻqing.