Baland musiqa eshitish qobiliyatiga zarar yetkazishi mumkinmi?
Kundalik hayotda biz muntazam ravishda juda koʻp shovqinlarga duch kelamiz: koʻcha va qurilish shovqinlari, konsertlar, barlar, kinoteatrlar. Odatiy shovqinlarga qoʻshimcha ravishda, naushniklarda, ayniqsa, vakuumli naushniklarda va mashinada baland ovozda musiqa tinglash insonning eshitish qobiliyati uchun xavflidir.
Agar kimdir shovqinli joyda uzoq vaqt boʻlsa, eshitish qobiliyatini pasayishi kuzatilishi mumkin. Shu sababli qurilish va zavod ishchilari quloqlariga himoya vositalarini taqishlari kerak. Chim kesuvchi mashinalar va elektr jihozlari ham eshitish qobiliyatiga ta’sir koʻrsatishi mumkin. Bu turdagi shovqinlar quloq shangʻillashiga ham olib kelishi mumkin.
Tanamizning oʻzi, albatta, bizning eshitish organlarimizni zararli ta’sirlardan himoya qilishga harakat qiladi. Baland ovozli, past va yuqori chastotali tovushlar ta’sirida xavfli tebranishlarning ichki quloqqa kirishida quloq kanalining mushaklari cheklovchi boʻlib xizmat qiladi. Agar, baland tovushlar uzoq vaqt davomida ta’sir qilsa, mushaklar charchaydi va ichki quloqni himoya qilishdan toʻxtaydi. Bu esa miyaga impulslarni uzatish uchun mas’ul boʻlgan maxsus soch hujayralarining shikastlanishiga olib keladi. Kuchli yuqori chastotalar quloqlar uchun oʻta xavfli boʻlgani kabi, past chastotalar ham bundan mustasno emas.
Inson qulogʻi baland tovushlarni qisqa vaqt davomida sogʻlikka hech qanday zararsiz qabul qilishga moslashtirilgan, uzoq muddatli ta’sir esa qaytarilmas oqibatlarga – eshitish qobiliyatining sezilarli pasayishiga olib keladi.