обморок.jpg

Behushlik nima va undan qoʻrqish kerakmi?

Behushlik nima?

Behushlik — bu vaqtinchalik ongni yoʻqotish. Bu holat qon bosimi pasaygani tufayli miyaga yetarli darajada qon yetib bormaganda sodir boʻladi.

Nima uchun odamlar hushidan ketishadi?

Suvsizlanish, holatni oʻta tez oʻzgartirish, uzoq vaqt turish yoki bir joyda oʻtirish yoki biror narsadan toʻsatdan qo'rqish (masalan, qonni koʻrish) tufayli tushishi mumkin.

Behushlikning keng tarqalgan ba’zi sabablari:

  • Haddan tashqari issiqlik yoki tiqilinch va kam shamollatilgan joyda boʻlish.
  • Qoʻrquv, ogʻriq, tashvish yoki zarba qon bosimining pasayishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun odamlar biror narsa qoʻrqitganda yoki dahshatga tushganda hushidan ketishadi.
  • Yurak muammolari, (anemiya nima ekanligini bilib oling), qonda shakarning pastligi behushlikka olib kelishi mumkin.

Behushlikning oldini olish mumkinmi?

Agar oʻzingizni behushlik arafasida deb oʻylasangiz, uni toʻxtatishga quyidagi yoʻllar bilan urinib koʻrishingiz mumkin:

  • Iloji boʻlsa, yoting. Bu qonning miyaga borishiga imkon beradi. Oʻzingizni yaxshi his qilganingizda, sekin turing (avvaliga oʻtirib oling va turishga harakat qilishdan oldin bir necha daqiqa kuting).
  • Boshingizni tizzangiz orasiga tushirib oʻtiring. Bu usul yotish kabi samarali boʻlmasa-da, qonning miyaga borishiga yordam beradi. Oʻzingizni yaxshi his qilganingizda, asta-sekin oʻtirib oling, keyin turing.
  • Mashq qilishdan oldin, mashgʻulot vaqtida va keyin hamda issiq havoda koʻp suyuqlik iching.
  • Agar uzoq vaqt turishingiz yoki oʻtirishingiz kerak boʻlsa, tez-tez tanaffus qiling va orada jsmoniy harakat qiling.
  • Iloji boʻlsa, haddan tashqari qizib ketgan, tor yoki tiqilinch boʻlgan xonalardan uzoqroq boʻling.

Qay hollarda shifokorni chaqirish kerak?

Agar sizda behushlik holati birinchi marta kuzatilayotgan boʻlsa va buning sabablari aniq boʻlsa (masalan, siz issiq, gavjum joyda boʻlgan boʻlsangiz), unda sizda tashvishlinishingizga xojat yoʻq. Ammo agar kasal boʻlsangiz yoki turli dori-darmonlarni qabul qilsangiz, shifokoringizni chaqiring.

Quyidagi holatlarda shifokorga qoʻngʻiroq qiling yoki tibbiy yordamga murojaat qiling:

  • koʻkrak qafasida ogʻriq, yurak urishi yoki nafas qisilishi boʻlsa;
  • tutqanoq tutsa;
  • jismoniy mashqlar yoki boshqa mashgʻulotlar paytida hushdan ketsangiz;
  • bu qayta-qayta takrorlansa.

Shifokor sizga savollar beradi, tekshiruv oʻtkazadi va ba’zi testlarni buyurishi mumkin.

Hushsiz odamga qanday yordam bera olaman?

  • Agar yaqin atrofda kimdir hushini yoʻqotgan boʻlsa, uning tugmalarini, kamarini va galstugini yeching. Oyogʻinining ostiga ryukzak yoki koʻylagini qoʻyib koʻtarsangiz, miyaga qon yetishiga yordam beradi.
  • Hushidan ketgan odam odatda tez tiklanadi.
  • Behushlikdan soʻng oʻzini biroz zaif his qilish odatiy holdir, shuning uchun odam bir muddat yotgani ma’qul.
  • Agar u darhol oʻrnidan turib ketsa, bu yana behushlik holatiga olib kelishi mumkin.

Agar kimdir hushidan ketsa va unda quyidagi holatlar kuzatilsa, zudlik bilan tez yordam chaqiring:

  • Bir necha daqiqadan soʻng oʻziga kelolmasa,
  • Mashq paytida hushidan ketsa,
  • Koʻkrak qafasidagi ogʻriqlar, nafas olish qiyinlishuvi yoki talvasalar (bu odamning mushaklari nazoratsiz ravishda qisqarishi va bu harakatlarni boshqara olmaydigan holat) roʻy bersa.

Umid qilamizki, agar kimdir hushini yoʻqotgan boʻlsa, yuqoridagi ma'lumotlar orqali o'z vaqtida yordam qilishga va bu hol siz bilan roʻy bersa, oʻzingizni toʻgʻri tutishingizga yordam beradi.

Oldingi Keyingi