Bosh terisining quruqligidan qanday xalos boʻlish mumkin?
Agar boshingiz terisi qichisa, bu holat terida qazgʻoq paydo boʻlishining belgisi boʻlishi mumkin. Qichishish “Malassezia globosa” nomli mikroorganizm teriga ta’sir etayotganining reaksiyasidir. U teridagi yogʻni olein kislotasiga aylantiradi. Bu kislotaga allergiya paydo boʻlishi esa terining achishishi va qichishishga sabab boʻladi. Teri qichishganda, siz uni qashlab yengil tortishingiz mumkin, lekin bunday qilsangiz kislota zarar yetkazgan bosh terisini yanada shikastlab, undan ham kuchliroq achichishga sabab boʻlishi mumkin. Shuningdek, bu holat soch tolalariga zarar yetkazilishiga olib kelishi mumkin.
Qazgʻoqni yoʻqotuvchi shampunlar bosh terisining qichishishidan qutulishingizga yordam beradi. Agar ular yordam bermasa, shifokorga murojaat qiling. Chunki qichishishni boshqa narsalar ham keltirib chiqargan boʻlishi mumkin. Masalan, allergiya yoki sochlar uchun vositalar tarkibidagi komponentlarning salbiy ta’sir etishi va ularga nisbatan sezuvchanlik.
Nima uchun bosh terisi quriydi?
Bosh terisi quruqligining belgisi ba’zi hollarda (doimo emas) qazgʻoq boʻladi. Siz sezishingiz mumkin boʻlgan boshqa alomatlar – bosh terisining tarang tortilganligi hissi, bosh terisining achishishi hamda sochlarning qattiq boʻlib qolishi yoki hurpayib qolishi.
Sochlar uchun vositalardan juda koʻp va yuqori konsentransiyada foydalanishga yoʻl qoʻymang va boshingizni juda issiq suv bilan yuvmang. Qazgʻoqni yoʻqotuvchi shampun va sezuvchan bosh terisi uchun balzam vositasidan foydalaning. Kundalik foydalanishga ta’siri yumshoqroq, hid beruvchi qoʻshimchalari yoki boʻyoqlari boʻlmagan vositalarni tanlashingiz maqsadga muvofiq boʻladi.