Руки.png

Gigiyenaga rioya qiling va qoʻlingizni mikroblardan asrang!

Mikroblar hamma joyda mavjud - tuproqda, suvda, havoda, oziq-ovqatlarda, bizning tanamizda va terida. Ular zararsiz va zararli boʻlishi mumkin. Zararli mikroblar (patogenlar) turli infeksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin, masalan:

  • ichak infeksiyalari — dizenteriya, gepatit A, salmonelloz, rotavirus, enterovirus infeksiyasi va boshqalar;
  • oʻtkir respiratorli infeksiyalar — adenovirus, gripp, koronavirus va boshqalar;
  • parazitar kasalliklar — gijjalar – ostritsa, askarida, lambliya va boshqalar;
  • yuqumli teri va zamburugʻli kasalliklari.

Qoʻl yuvish — kasalliklarni oldini olishning eng oson va arzon usuli. Qoʻllarni sovun bilan yuvish — zararli mikroblarning inson tanasiga kirib, infeksiyaning kelib chiqishini oldini oladi.

Qoʻllarni qachon yuvish kerak?

  • Jamoat joylarida boʻlgandan soʻng.
  • Ovqat pishirishdan oldin, pishirish vaqtida va keyin (ayniqsa, xom goʻsht bilan ishlagandan keyin).
  • Ovqatlanishdan oldin.
  • Hojatdan keyin.
  • Burunni qoqqandan, yoʻtalgandan yoki aksirgandan keyin.
  • Jonzotlar bilan oʻynagandan yoki ularga qaragandan keyin.
  • Chiqindilarga qoʻl bilan tekkandan keyin.
  • Infeksiya belgilari boʻlgan odamlarni parvarish qilishdan oldin va keyin.
  • Yara va jarohatlarni davolashdan oldin va keyin.
  • Taglikni almashtirgandan oldin va keyin hamda bolalar tuvagini tozalagandan soʻng.
  • Kir kiyimni ushlagandan soʻng.
  • Kimyoviy va tozalash vositalari bilan ishlagandan keyin.
  • Pulni ushlagandan soʻng.
  • Kontakt linzalarni taqish yoki olib tashlashdan oldin.
  • Qoʻllaringiz iflos ekanligini payqaganingizda.

Qoʻllarni qanday yuvish kerak?

Koʻpchilik qoʻllarini notoʻgʻri yuvadilar: sovundan foydalanmaydilar, yoki qoʻllarini qisman (faqat barmoq uchlarini) yoki chala yuvadilar.

Qoʻllarni togʻri yuvish uchun:

  • qoʻlingizni suv ostida xoʻllang;
  • qoʻllarni sovunlab, barcha yuzalarini, shu jumladan kaftlarning orqa tarafi, barmoqlar orasi va tirnoq ostini kamida 40-60 soniya davomida yaxshilab ishqalang;
  • qoʻllarni suv bilan chayib tashlang;
  • qoʻllarni toza, quruq sochiq yoki qogʻoz salfetka bilan yaxshilab quriting.
Oldingi Keyingi