Ilon chaqqanda nima qilish kerak?
Har qanday begona ilonni zaharli deb hisoblash kerak, agarda chaqib olsa, darhol shifokorga uchrashish yoki tez yordam chaqirish zarur(103).
Zaharli ilon chaqqanligi belgilari:
- Koʻzga tashlanadigan bir yoki ikki nuqtali yara yoki tirnalish;
- Chaqqan joyda ogʻriq va atrofida shish paydo boʻlishi;
- Isitma, qattiq koʻngil aynishi, qayt qilish, mushaklarning kuchsizligi, uyquchanlik, sovuq ter bosishi;
- Koʻrish buzilishi (predmetlarning “ikkita” boʻlib koʻrnishi);
- Nafas olish qiyinlishuvi.
Tez tibbiy yordam yetib kelguniga qadar, birinchi yordam koʻrsatish muhimdir:
- Shish paydo boʻlganda toʻqimalarning siqilishini oldini olish uchun qoʻl-oyoqlardan taqinchoqlarni yeching;
- Shikastlangan joyni harakatsizlantiring. Oyoq yoki qoʻlga shina oʻrnating. Buning uchun qoʻl ostidagi har qanday qattiq va buklanmaydigan narsalarni ishlatishingiz mumkin. Shina topa olmasangiz, qoʻlni tirsakda bukib tanaga bogʻlang, shikastlangan oyoqni esa sogʻlom oyoqqa bogʻlab qoʻyishingiz mumkin.
- Yarani yuvish. Agar yoningizda antiseptik vosita boʻlsa, chaqqan joyni yaxshilab dezinfeksiya qiling, keyin antiseptik salfetka yoki toza doka bilan bogʻlang. Harakatlar ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi kerak, yaralangan joyni qattiq bosmang.
- Koʻp suyuqlik ichish: bemorga imkon qadar koʻproq suv ichirish kerak.
- Bemorni joyidan koʻchirish vaqtida, qoʻl yoki oyoqni bosh qismidan yuqori koʻtarmang;
- Bemorni iloji boricha tezroq kasalxonaga olib boring. Kasalxonada bemorga ilon zahriga qarshi zardob yuboriladi.
Ilon chaqqanda, nima qilish taqiqlanadi:
- qoʻl-oyoqqa jgut(bogʻich) bogʻlash;
- chaqqan joyni kesish;
- chaqqan joyni kuydirish;
- issiq kompresslarni qoʻllash;
- koʻp harakatlanish;
- spirtli ichimliklarni iste’mol qilish;
- jabrlangangan joyga uzoq vaqtga muz qoʻyish;
- zaharni ogʻiz bilan soʻrib olish.