Kompyuter koʻzoynaklari nima uchun kerak?
Kompyuterlar uchun moʻljallangan koʻzoynak taqish va ekran ortida sarflangan vaqtni nazorat qilish orqali koʻz zoʻriqishining oldini olish mumkin.
Kompyuterda ishlayotganda, ish davomiyligidan qat’i nazar, siz koʻzning zoʻriqishi, koʻrish oʻtkirligi yoʻqolishi, koʻzning qizarishi va boshqa alomatlarga duch kelishingiz mumkin. Buning sababi, kompyuter ekrani oldida vaqt oʻtkazish paytida olinadigan koʻrish yuki hisoblanadi.
Koʻz zoʻriqishining belgilari:
● koʻrishning xiralashishi;
● narsalarni ikkita koʻrish;
● koʻzning toliqishi;
● koʻzlarning quruqlashishi;
● koʻzning qichishishi;
● koʻzlarning qizarishi;
● koʻzlarning qimirlashi;
● bosh ogʻrigʻi.
Moviy nur nima?
Biz tez-tez “ koʻk nur” atamasiga duch kelamiz, u haqida eshitganmiz. Ayniqsa, odamlar zamonaviy gadjetlarning koʻk nuri tufayli zararli ekanligi haqida koʻp gapirishadi. Tabiiy koʻk — bu quyosh tomonidan chiqariladigan ultrabinafsha nurlanish. Sun’iy koʻk rang — energiya tejovchi lampalar kabi sun’iy obyektlardan chiqadigan yorugʻlik. Bundan tashqari, bunday nurlar zamonaviy smartfonlar, noutbuklar, shaxsiy kompyuterlar va televizorlarda mavjud.
Quyoshning ultrabinafsha nurlari ta’siri kabi, koʻk nur ham tanaga foydali va zararli boʻlishi mumkin.
Oʻzingizni koʻk nurning zararli ta’siridan qanday himoya qilishingiz mumkin?
- Yotishdan oldin elektron qurilmalardan foydalanmang. Koʻk nurning ta’siri sizni kechasi yaxshi uxlay olishingizga xalaqit berishi mumkin.
- Tanaffus qiling. Raqamli qurilmalar tufayli koʻz zoʻriqishi xavfini kamaytirish uchun 20-20-20 qoidasiga amal qiling. 20 soniya davomida har 20 daqiqada 20 fut (60 metr) masofaga qarang.
- Koʻk nurni filtrlaydigan kompyuter koʻzoynaklarini sotib oling. Ular koʻzning zoʻriqishini kamaytirish va zararli koʻk nurni toʻsish uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Kompyuter koʻzoynaklari qanday ishlaydi?
Ularning linzalari koʻzlarga kiradigan koʻk nur miqdorini kamaytiradi, bu esa ekranni koʻrish jarayonini koʻzlar uchun xavfsizroq va qulayroq qiladi. Maksimal qulaylik uchun kompyuter koʻzoynaklari antiblik qoplamaga ega boʻlishi kerak. U linzalarning old va orqa yuzalaridan yorugʻlik qaytishini kamaytiradi. Bu koʻzning charchashini oldini oladi.
Menga kompyuter koʻzoynaklari uchun shifokorning “retsepti" kerakmi?
Agar siz optik koʻzoynak taqmasangiz, “kompyuter” koʻzoynaklarini shifokor retseptisiz sotib olishingiz mumkin.
Agar sizda optik koʻzoynaklar uchun retsept boʻlsa, u holda ularga kompyuter filtrini qoʻshish uchun shifokorning koʻrsatmasi kerak boʻladi.
Raqamli koʻz charchogʻini kamaytirish boʻyicha bir nechta yakuniy maslahatlar:
● kompyuter ishlatgan vatingizda, gavdangizni toʻgʻri tutishga harakat qiling;
● agar oʻqish paytida koʻzingizni qisib oʻqishga toʻgʻri kelsa, ekrandagi shrift hajmini kattalashtiring.