Nega ba’zi odamlar doimo sovuq qotadi?
Doimiy sovuq qotish qanday holatlarda uchrashi mumkin?
- Gormonal muammolar. Termoregulyatsiya jarayoni qalqonsimon bez tomonidan ishlab chiqarilgan gormonlar tomonidan boshqariladi. Agar ularning darajasi pasayib ketsa, odam issiqda ham sovuq qotadi.
- Past qon bosimi. Bunday odamlarda sustlik, uyquchanlik va sovuq qotish kuzatiladi. Qon bosimi past boʻlganda qon sekinroq aylanadi, tomirlarning tonusi pasayadi va sovuqlik hissi paydo boʻladi.
- Qon tomirlari bilan bogʻliq muammolar. Sovuq hissi sezilganda qon tomirlari spazmga uchraydi. Bu muammo, doimiy chekuvchilar va aterosklerozga uchragan bemorlardan tashqari, Reyno sindromi(qoʻl tomirlarining sovuq yoki stressga javoban spazmga uchrashi va barmoqlarning rangi oʻzgarishi) bilan ogʻrigan odamlarni ham bezovta qiladi.
- Anemiya. Gemoglobin kislorodni organ va toʻqimalarga yetkazib berish uchun javob beradi. Agar qonda uning soni kamaysa, kislorod yetishmovchiligi vujudga kelishi mumkin. Natijada zaiflik, bosh ogʻrigʻi, rangparlik, bosh aylanishi va sovuqlik hissi namoyon boʻladi.
- Dietalar. Kaloriya yetishmasligi tufayli tanadagi metabolik jarayonlar sekinlashadi va natijada tana haroratining pasayishi kuzatiladi.
- Mushak va yogʻ massasining yetishmasligi.
“Shamollash” sabablari atrof muhitga bogliqligi haqida xalq orasida turli xil afsonalar tarqalgan. Lekin, hozirgi kunda ilmiy tadqiqtlar shuni koʻrsatadiki, sovuq havo, hoʻl oyoqlar, sovuq suvda suzish, shamol va yelvirzak ta’siri “shamollash” xavfini keltirib chiqarmaydi yoki uni kuchaytirmaydi.
Biroq, sovuq havo atrof-muhit omillariga ta’sir qilishi haqidagi faktlar odamlar hayotining ajralmas qismi boʻlganligi sababli, sovuqning nafaqat SHAMMOLASH, balki boshqa turli kasalliklarning paydo boʻlishi bilan bogʻliqligi haqida keng tarqalgan qat’iy ishonch mavjud. Ammo bu yuqumli kasalliklarning sovuq bilan bogʻliqligi ilmiy jihatdan tasdiqlanmagan.