ухо.jpg

Nega quloq shangʻillaydi?

Quloqlar shangʻillashi (tinnitus) bu atrof-muhitda emas, balki quloqda paydo boʻladigan shovqindir. Bu tuygʻu asosan quloqlarda jiringlashga oʻxshaydi, ba’zida tovushlar shivirlash, guvullash va chertishga oʻxshab ketadi. Quloq shangʻillashi bu kasallik emas, balki turli sabablarga koʻra yuzaga keladigan, hatto hech qanday sababsiz boshlanishi mumkin boʻlgan alomatdir.

Quloq shovqinining ba’zi sabablari:

  • baland tovush va portlashlar ta’sirida yuzaga kelgan akustik travma. Koʻpincha professional faoliyat yoki qziqishlar bilan bogʻliq;
  • yosh bilan bogʻliq oʻzgarishlar (60 yoshdan boshlanadi);
  • eshitish qobiliyatiga ta’sir qiladigan ba’zi dorilarni qabul qilganda (ayniqsa, aspirin, aminoglikozid antibiotiklari, ba’zi siydik haydaydigan dorilar);
  • tashqi, oʻrta yoki ichki quloq kasalliklari va infeksiyalari;
  • bosh va boʻyin jarohatlari;
  • emotsional zarba yoki stress;
  • barotravma (bosimning keskin oʻzgarishi natijasida quloqning shikastlanishi);
  • quloq kanalining yopilib qolishi (quloq kiri, begona jism borligi yoki quloqning tashqi yalligʻlanishi natijasida);
  • miya yoki oʻrta quloqning oʻsimtalari;
  • kamqonlik (anemiya);
  • qon bosimi bilan bogʻliq muammolar;
  • modda almashinuvi kasalliklari (masalan, qandli diabet).

Agar qulogʻingizda shovqin paydo boʻlsa, otorinolaringolog (LOR) shifokorga murojaat qilishingiz kerak.

Oldingi Keyingi