Nima uchun burundan qon ketadi? Qon ketishni qanday toʻxtatish kerak?
Burundan qon ketishiga nima sabab boʻladi?
- Burundan qon ketishining eng keng tarqalgan sababi quruq havodir. Quruq iqlim yoki issiq havo burun shilliq qavatini bezovta qiladi va quritadi. Natijada burun shilliq qavatining yuzasida qobiqlar paydo boʻladi, bu esa qichishishga olib kelishi va keyin qon ketishi mumkin.
- Burunning shilliq qavati shamollash oqibatida ta’sirlanishi mumkin. Bunda, qon ketish burunni tez-tez qoqish oqibatida roʻy beradi.
- Burun uchun tomchilar burun shilliq qavatini quritib, qon ketishiga olib keladi.
Burundan qon ketishi kamdan-kam hollarda jiddiy sogʻliq muammolarini koʻrsatadi, lekin ular tez-tez sodir boʻlsa, bu jiddiyroq muammolarni (yurak yoki qon kasalligi, neoplazma) koʻrsatishi mumkin.
Agar burun haftada bir martadan koʻproq qonasa, shifokoringizga murojaat qilishingiz kerak. Burundan tez-tez qon ketishining koʻp holatlari osongina davolanadi. Ba’zida burun ichidagi mayda qon tomirlari shilinib, tuzalmasligi mumkin. Bu doimiy allergiya yoki tez-tez shamollash bilan ogʻrigan oʻsmirlarda tez-tez uchraydi.
Burundan qon ketishining oldini qanday olish mumkin?
- Burunni qoqqanda (ayniqsa, sovuqda) juda ehtiyot boʻling.
- Xonadagi havoni imkon qadar tez-tez namlash kerak.
- Toʻgʻri ovqatlanish. Ratsionga K va C vitaminlariga boy oziq-ovqatlarni qoʻshish kerak. K vitamini qon ivishi uchun javob beradi, ular maydanoz, ismaloq, rayhon, banan, brokkoli, ildiz va boshqa mahsulotlar tarkibida bor. C vitamini qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi, u shirin qalampir, smorodina, sitrus mevalar tarkibida mavjud
Vaqti-vaqti bilan burundan qon oqishi har qanday odamni tashvishga solishi mumkin, ammo vahima qilishning hojati yoʻq — chunki endi siz nima qilish kerakligini bilasiz!