Oʻpkamiz sogʻlom ekanini qanday bilishimiz mumkin?
Biz nafas olishni toʻxtata olmaymiz, nafas olmaslik hayotning tugashini anglatadi. Sogʻlom va baquvvat boʻlish uchun bir tekisda va yengil nafas olish kerak. Sizning nafasingiz qanday? Ehtimol siz oʻzingiz haqingizda nimanidir bilmaysiz?
Tahlill qiling: tinch holatda siz burundan nafas olasizmi yoki ogʻzingizdan nafas olasizmi?
Nafas olish har doim burun orqali amalga oshirilishi kerak, faqat uzun iboralarni (nutq nafasi) talaffuz qilish hollari bundan mustasno. Ogʻiz orqali ham nafas chiqarish mumkin.
Tinch holatda bir daqiqada necha marta nafas olib chiqarasiz?
Agar sogʻlom boʻlsangiz, tinch holatda nafas olish davri bir daqiqada 8 dan 12 martagacha boʻlishi kerak.
"A-a" tovushini 20 soniya davomida toʻxtamay talaffuz qila olasizmi?
Agar eng uzun nafas chiqarish sezilarli darajada qisqaroq boʻlsa, demak, sizning nafasingiz juda sayoz va barcha ichki organlaringiz kislorod yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda.
Sizga xurrak otishingizni aytishganmi? Ovozingiz ertalab xiralashib qoladimi?
Sogʻlom boʻlish bunday alomatlarninig yoʻqligini anglatadi. Nafas olish buzilishi koʻpincha kasallik yoki yomon jismoniy tayyorgarlik bilan bogʻliq.
Sogʻlom boʻlish uchun nafas olish tizimining funksional holati haqida hamma narsani bilib oling. Agar maktabda jismoniy vazifalarni bajarishga qiynalayotganingizni his qilsangiz bu haqda oʻqituvchingiz va ota-onangizga ayting.
Doimo oson va erkin nafas oling va sogʻlom boʻling!