ковд19.jpg

Odam papilloma virusi bu nima?

Odam papilloma virusi (OPV) – bu juda keng tarqalgan, soʻgal, jinsiy a’zo kondilomalari kabi koʻrinishlarda uchraydigan virusdir.

Dunyo aholisining yarmidan koʻpi OPV bilan kasallangan. Ulardan ayrim qismi shunchaki kasallikning tashuvchisi boʻlsa, boshqalarida bu virus teri toshmalari koʻrinishida namoyon boʻladi. Ushbu virus bachadon boʻyni saratoniga ham olib kelishi mumkin.

Qachon yuqishi mumkin?

  • jinsiy aloqa paytida;
  • onadan bolaga tugʻriq paytida;
  • shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinmaganda – ustara ishlatganda yoki epilatsiya vaqtida;
  • maishiy yoʻl bilan – sauna, basseyn, hojatxona, vanna va sport zallarida.

OPV ning 100 dan ortiq turlari mavjud, ammo ular orasida onkogen turlarigina xafvli hisoblanadi. Yuqori xavfga ega turlari – 16 va 18-chi.

OPVning onkogen turlari bilan zararlanish, ayolda aniq bachadon boʻyni saratoni rivojlanadi degani emas.

90% dan ortiq zararlanganlarda infeksiya immunitet ta’sirida yoʻqolib ketadi. Ammo, uzoq vaqt davomidagi tashuvchilik bachadon boʻyni displaziyasi va saratoni rivojlanishi ehtimolini oshiradi.

Klinik jihatdan, OPV jinsiy a’zolarda och pushti rangli soʻrgʻichsimon oʻsimtalarning yuzaga kelishi bilan namoyon boʻlishi mumkin. Shuningdek, OPV jinsiy a’zolarning qizarishini, yoriqlar paydo boʻlishini, qichish va qizish hislarini keltirib chiqarishi mumkin.

OPVni koʻproq kim yuqtirib olishi mumkin?

Boshqa odam bilan jinsiy aloqada boʻlgan har qanday kishi OPV bilan zararlanishi mumkin. Erkaklar ham, ayollar ham bu kasallikni oʻzlari bilmagan holda boshqalarga yuqtirishlari mumkin.

OPVga qarshi emlanish

OPV ni davolash mantiqiy emas. Ammo HPV infeksiyasiga va ular keltirib chiqaradigan onkologik kasalliklarning keyingi rivojlanishiga qarshi samarali himoya - emlanishdir. JSST tavsiyalariga ko'ra, 9 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarni emlash eng samarali hisoblanadi. OPVga qarshi emlash xavfsiz va samarali. U dunyoda 14 yildan beri, 2007 yildan beri oʻtkazib kelinmoqda. Bugungi kunda OPV ga qarshi dunyoning 135 ta davlatida emlanadi va 110 ta davlatda OPVga qarshi emlash milliy emlash dasturlariga kiritilgan (bu 9-14 yoshdagi bolalar uchun ommaviy va bepul).

Oldingi Keyingi