Odam papilloma virusidan qanday himoyalansa boʻladi?
Odam pappilomavirusidan eng yaxshi himoya – bu emlanish!
OPV vaksinasi JSST (Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti) va FDA (oziq-ovqat va dori vositalarini boshqarish) tomonidan mutlaqo xavfsiz va samarali deb tan olingan. Emlanish OPV ning xavfli turlarini yuqtirish xavfini kamaytiradi.
OPV vaksinalari papillomavirus bilan zararlanishdan oldin qoʻllanilsa samaraliroq boʻladi. Shu sababli, JSST bachadon boʻyni saratonining oldini olish maqsadida qizlarda jinsiy hayot boshlanmasdan avval, 9 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan davrda emlashni tavsiya qiladi. Ba’zi mamlakatlarda oʻgʻil bolalarni emlash ishlari boshlangan, chunki bu erkaklarda OPV bilan bogʻliq saratonni ham rivojlanishini oldini oladi.
Emlash 3 bosqichda amalga oshiriladi: murojaat vaqtida, 2 oydan soʻng va yana 4 oydan soʻng.
Agar siz OPV bilan kasallangan boʻlsangiz, vaksina virusni tanangizdan chiqarib tashlamaydi. Shuning uchun ham, yosh qizlar va oʻgʻil bolalarni jinsiy hayot boshlashlaridan oldin emlanadi.