ковд19.jpg

Odam papillomavirusi qanday aniqlanadi?

OPV – bu bachadon boʻyni saratoni rivojlanishining asosiy xavfli omilidir, chunki 95% kasallik holatlarini OPV qoʻzgʻatadi. Ushbu saraton kasalligi bilan 25-35 yoshdagi ayollar koʻproq kasallanishga moyil.

Xalqaro tavsiyalarga koʻra, bachadon boʻyni saratonini oldini olish uchun, quyida koʻrsatilgan yoshdan boshlab tekshiruvdan oʻtish lozim:

  • 21 yoshdan 30 yoshgacha — har 3-5 yilda bir marta PAP-testini topshirish.
  • 30 yoshdan 65 yoshgacha — har 3-5 yilda PAP-testini topshirish va OPV uchun tahlil topshirish. Bunda OPV ning onkogen turlarini aniqlash maqsadida vaginal surtma olinadi va PZR usulida tekshiriladi.

PAP-testi yoki Papanikolau surtmasi boʻyicha bachadon boʻynidan (bachadon ogʻzidan) olingan hujayralar mikroskop ostida tekshiriladi. Bu hujayralar qin orqali kiritiladigan maxsus choʻtka yordamida bachadon boʻynidan qirib olinadi.Tahlil bachadon boʻyni saratoni yoki boshqa kasalliklarning belgisi boʻlgan noodatiy hujayralarni aniqlash uchun kerak.

Ushbu tahlillarni tugʻruq majmualari va markazlarida, ba’zi poliklinikalarda va koʻplab xususiy laboratoriyalarda topshirish mumkin.

Bachadon boʻyni saratoni va boshqa koʻplab kasalliklarning oldini olish uchun barcha ayollar yiliga bir marta ginekolog koʻrigidan oʻtishlari lozim.

Oldingi Keyingi