Jarohat oldini qanday olish mumkin?
Afsuski, ba’zan ehtiyotsizlik, ba’zan turli talofatlar tufayli har yili yuz minglab bolalar jarohatdan nobud boʻladilar. Millionlab insonlarga oʻlim xavfini tugʻdirmaydigan jarohatlarni davolash uchun statsionar muolaja zarur boʻladi. Koʻpchilik miyaning zarar koʻrishi oqibatlari yoki doimiy nogironlik bilan bir umr yashashga majbur boʻladi.
Eng keng tarqalgan jarohatlar jamoat transportlari bilan bogʻliqdir. Unga chiqish va tushishda sirpanib yiqilishlar ayniqsa silliq zinalardan sirpanib ketib jarohat olish holatlari koʻp uchraydi.
Jarohatlanishning oldini qanday olish mumkin?
Agar yoʻllar sirpanchiq vaqtda koʻchaga chiqishingizga toʻgʻri kelsa, eng qulay va poshnasiz poyabzal kiyishingiz, shoshilmasligingiz kerak, qolaversa, xavfli joylarni chetlab oʻtishingiz, jamoat transportiga chiqish yoki tushishda, albatta, tutqichlarni ushlab harakatlanishingiz kerak.
Yodda tutingki, yiqilish paytida siz toʻgʻri yiqilishning elementar texnikasiga amal qilishingiz jarohat ehtimolini minimal darajaga tushiradi. Masalan, yiqilib ketayotganingizni his qilsangiz, oʻtirib olishga harakat qilsangiz, yiqilganingizdagi balandlikni kamaytirgan boʻlasiz. Bundan tashqari, yiqilish vaqtida chaqqonlik bilan iyagingizni koʻkragingizga torting, qoʻllaringizni qorningizga yaqin ushlab, tirsaklaringizni ikki yonga birlashtiring.
Yelkangizni oldinga chiqarishga harakat qiling va oyoqlaringizni bir-biriga qapishtirib turing. Bu holat oʻtirib olishga yordam beradi. Buni toʻgʻri bajarishning asosiy sharti jarohat olishdan oldindan qoʻrqmaslikdir.
Qoʻllaringizni va oyoqlaringizni keng yoyib, yiqilishni sekinlashtirishga urinmang — bu faqat siniqlar sonini koʻpaytiradi. Albatta, bu maslahatlarni amalga oshirish juda qiyin tuyilsa-da, oʻsmir yoshidagi bolalar ushbu koʻrsatmalarni bajara oladilar.