перхоть.jpg

Qazgʻoq qanday paydo boʻladi va undan qutulish mumkinmi?

Bosh terisida koʻplab mikroorganizmlar yashashi va ularning soni muvozanatda boʻlishi normal holat hisoblanadi. Ammo ba’zida bu muvozanat buzilishi natijasida achitqiga oʻxshash zamburugʻlarning maxsus turi koʻpayadi . Ularning hayot faoliyati hujayralarning qotib qolishiga — terida qipiqsimon qoplamalar paydo boʻlishiga olib keladi. Bu qipiqlar birlashib, sochlarda koʻrinib turuvchi qazgʻoq deb nomlanuvchi oq tangachalarga aylanadi.

Doimiy stress, notoʻgʻri ovqatlanish, notoʻgʻri tanlangan shampun va boshqa sochni va bosh terisini parvarish qilish vositalari kabi omillarning barchasi katta ehtimol bilan qazgʻoqning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Bundan tashqari, turli kasalliklar, oshqozon-ichak traktining buzilishi, gormonal buzilishlar, vitaminlar yetishmasligi, charchoq va stress kabi holatlar qazgʻoq paydo boʻlishining sababchilari boʻlishi mumkin.

Quruq bosh terisi qazgʻoqqa koʻproq moyil boʻladi. Epidermisning mayda zarralari terini qoplaydi va kiyimga tushadi, ildiz sochlar esa oq qoplama bilan qoplanganga oʻxshaydi.

Qazgʻoq yengil shaklda kechsa, undan xalos boʻlishda an’anaviy kosmetika yordam berishining ehtimoli katta. Odatda bunday shampunlar va niqoblarga rux qoʻshiladi, bu modda bosh terisiga tushganda, zamburugʻ rivojlanishi uchun noqulay sharoitlarni yaratadi va shu bilan qazgʻoqning asosiy sababiga ta’sir koʻrsatadi.

Lekin, qazgʻoq qayta-qayta paydo boʻlaversa, uning sababi seboreyali dermatit boʻlishi mumkin, uni davolash uchun mutaxassisga — trixolog shifokorga murojaat qilish kerak. Odatda, dermatit holatida murakkab terapiya buyuriladi, unga bosh terisi uchun dorivor shampunlar, maxsus parhez va ogʻir holatlarda dori-darmonlar kiradi. Odatda shifokor organizmning holatini har tomonlama tekshirgandan keyin davolash kursini belgilaydi va bu davolash oʻrtacha 2-4 hafta davom etadi.

Agar qazgʻoq paydo boʻlsa, mustaqil davolanishni tavsiya qilmaymiz, aksincha, vaziyatni ogʻirlashtirmaslik uchun darhol shifokor bilan maslahatlashish va mahorat bilan tuzilgan sxema boʻyicha davolanishni darhol boshlash kerak boʻladi.

Oldingi Keyingi