doctor.jpg

Shifokoringizga qanday savollar berishingiz mumkin?

Garchi sizga ahamiyatsiz boʻlib tuyulsa ham, shifokorga sizni qiziqtirgan savollani berishdan qoʻrqmasligingiz va uyalmasligingiz kerak.

Hattoki oʻzingiz bilan savollar roʻyxatini va ularga berilgan javoblarni yozish uchun qalam bilan daftar olib kelish foydalidir.

Agar bu savollarni berishda noqulaylik sezsangiz, doʻstingiz yoki oila a’zolaringizdan kimnidir oʻzingiz bilan olib kelishingiz mumkin.

Kasalligingiz haqida soʻrash uchun savollar.

Agar sogʻligʻingiz bilan bogʻliq muammolar bilan shifokorga murojaat qilsangiz, quyidagi savollarni soʻrashingiz mumkin:

  • Kasalligimning nomi nima?
  • Menga u haqida bir oz tushuntirib bera olasizmi?
  • Davolanish uchun nima qilishim kerak?
  • Qanday dorilar va muolajalarni qabul qilishim kerak?
  • Agar ularni qabul qilmasam nima boʻladi?

Har bir inson sogʻliq uchun toʻgʻri savollarni berish va javoblarni olishda tinglash uchun amaliyotga muhtoj. Vaqt oʻtishi bilan siz buni yaxshilaysiz.

Sogʻligʻingiz bilan boʻlgan muammo jiddiymi? Undan qanchalik tez tiklanasiz? Bu atrofdagilarga yuqadimi? Degan savollar sizni qiziqtirishi mumkin.

Shiforokordan aytgan gaplarini takrorlashni soʻrashingiz mumkin.

Agar shiforokor yoki hamshira savollaringizga javob bersa va siz uni tushunmasangiz, buni bemalol ayting. Bu narsalarni qayta yoki soddaroq tushuntirishlarini soʻrashingiz mumkin.

Masalan:

  • Buni tushuntirib bera olasizmi?
  • Buni tushunganimga ishonchim komil emas.
  • Iltimos, takrorlay olasizmi?

Dori-darmonlar haqida soʻrang.

Agar shifokor dori-darmon buyursa uni qanday va qachon qabul qilish kerakligi haqida savollar bering.

Qolaversa, quyidagilarni soʻrashingiz mumkin:

  • Dorilarimni oʻtkazib yuborsam nima boʻladi?
  • Agar tuzalib ketsam, dori ichishni toʻxtatsam boʻladimi?
  • Shu dorining nojoʻya ta’siri bormi?

Koʻrikka kelganda beriladigan savollar.

Tibbiy koʻrik — bu har qanday savolni berish uchun eng qulay vaqt. Bunda siz shaxsiy narsalar haqida soʻrashingiz ham mumkin:

  • Boʻyim yana ham balandroq boʻladimi?
  • Mening vaznim yoshim va boʻyimga mos keladimi?

Koʻrib turganingizdek, shifokor koʻrigida hech qanday daxshatli va uyatli narsa yoʻq. Shifokor huzurida ushlanib qolish va savollar berishdan qoʻrqmang, chunki sizning sogʻligingiz bu sizning kelajagingizdir. Ishonchli aloqalar har qanday qoʻrquv va shubhalarni yoʻq qilish mumkin!

Oldingi Keyingi