волосы.jpg

Soch nima sababdan toʻkiladi?

Oʻsmirlik davrida yoki boshqa yoshda sochlar toʻkilishi kuzatilishi mumkin. Bu turli sabablarga koʻra yuzaga keladi, uni aniqlash uchun esa trixolog yoki dermatologga murojaat qilishingiz kerak.

Quyidagi sabablar muayyan sharoitlarda bolada soch toʻkilishiga olib kelishi mumkin.

  1. Organizmda gormonal oʻzgarishlar. Oʻsmirlik davrida gormonlar miqdori sezilarli darajada oʻzgaradi va bu sochlarning holatiga ham ta’sir qilishi mumkin. Bu oʻzgarishlar qizlarda ham, oʻgʻil bolalarda ham sodir boʻladi va sochlarning ingichkalashishiga, hatto soch toʻkilishiga ham olib kelishi mumkin.
  2. Stress. Oʻsmirlarning ruhiyati turgʻun emas, stressga qarshilik koʻrsatish qobiliyati esa past. Kayfiyatning oʻzgarib turishi va kuchli his-tuygʻularni namoyon qilishi oʻsmirlar uchun normal holdir. Ammo stress holati tomirlarning spazmini keltirib chiqaradi. Bu esa soch follikulalarining yetarli oziqlanmasligi va soch toʻkilishiga olib keladi.
  3. Ekologik omillar. Sochlar gʻalvirak tuzilishga ega, shuning uchun havodagi zararli moddalarni osongina oʻzlashtiradi. Faol va passiv chekish ham sochlarga zarar koʻrsatadi.
  4. Notoʻgʻri ovqatlanish. Tez oʻsish jarayonida oʻsmirlar organizmi vitamin va minerallar yetishmovchiligi yuzaga kelishiga moyildir. Ularning ratsionida sogʻlom oqsillar, sabzavotlar va don mahsulotlari oʻrniga, zararli fastfud mahsulotlari, gazlangan shirin ichimliklar ustunlik qiladi. Temir, kaliy, kalsiy, sink, magniy, A vitamini, fosfor yetishmasligi sochlarning xira, sinuvchan, moʻrt boʻlib, toʻkila boshlanishiga olib keladi.
  5. Trixotillomaniya – bu hayoldan ketmaydigan ruhiy holat boʻlib, bunda odam oʻz sochlarini, qosh yoki kirpiklarinini yuladi. Bu odat bolalikdan boshlanishi mumkin va asta-sekinlik bilan soch follikulalarining shikastlanishiga, hattoki kal boʻlib qolishlikka ham olib kelishi mumkin.
  6. Oʻchoqli alopesiya – autoimmun kasallik boʻlib (immun tizimi soch follikulalariga qarshi hujum qiladi va ularning oʻsishiga halaqit qiladi), odatda oʻsmirlar va yoshlarda uchraydi.

Oʻsmirlik davridagi bolalarda soch toʻkilishining ikkilamchi sabablari:

  1. Sochlarni notoʻgʻri parvarish qilish;
  2. Ba’zi dori-darmonlarni qabul qilish;
  3. Kaloriyalarni cheklaydigan kuchli dietalar.
Oldingi Keyingi