Soch toʻkilishida nima qilish kerak?
Soch toʻkilishi kuzatilganda, birinchi navbatda uning sababini aniqlash lozim. Buni esa faqat trixolog yoki dermatolog shifokori amalga oshira oladi. Sababi aniqlangach, shifokor sochlarni toʻgʻri parvarish qilishni oʻrgatadi va zarur boʻlsa, tegishli davo chorasini belgilaydi.
Soch toʻkilishi kuzatilganda, quyida koʻrsatilgan parvarish choralarini koʻrishingiz mumkin:
- bosh teringiz turiga mos boʻlgan shampun va balzamdan foydalaning;
- sochlarni quruqligida tarang, hoʻl sochlarni faqat balzam bilan birga va keng taroq bilan tarash mumkin;
- soch quritgichlar(fen), ployka, soch dazmollari kabi issiq "elektr asboblar"ni ishlatishdan voz keching yoki iloji boricha kamroq ishlating;
- sochlarni turmaklashda tabiiy mahsulotlardan foydalaning;
- trixolog tavsiyasiga koʻra niqoblar va boshqa vositalarni ishlating;
- sochni boʻyashdan voz kechish tavsiya etiladi. Agar buning iloji boʻlmasa, tabiiy boʻyoqlardan foydalaning;
- muntazam ravishda sochlarning uchini kestirib turing;
- sochni quyosh va sovuqdan himoya qiling;
- ovqatlanish ratsioningizni vitaminlarga boy oziq-ovqatlar bilan toʻldiring,
Eng muhimi, shifokor bilan maslahatlashing, oʻz-oʻzingizni davolamang!