Мыло.png

Sovunmi yoki antiseptik?

Kun davomida, koʻchada va jamoat joylarida koʻp odamlar bilan aloqa qilamiz, turli xil narsalarga tegamiz. Natijada zararli viruslar va bakteriyalar qoʻl terisiga kelib tushadi. Agar, shu kir qoʻllar bilan ovqat yeyilsa, yoki koʻzlar ishqalansa, viruslar va bakteriyalar organizmga tushib, turli kasalliklarga sabab boʻladi. Shuning uchun qoʻl gigiyenasiga katta ahamiyat berish lozim.

Sovunning afzalliklari va kamchiliklari:

  • muntazam foydalanish mumkin;
  • kuchli va qattiq kirlarni yaxshi tozalaydi;
  • mikrob, virus va hokazolarni oʻldiradi va yuvib yuboradi;
  • antibakterial sovundan haddan tashqari koʻp foydalanish allergiya va teri mikroflorasining buzilishiga olib kelishi mumkin (shuning uchun oddiy sovunni ishlatgan ma’qulroq);
  • har doim ham qoʻlni sovun bilan yuvish imkoniyati boʻlavermaydi (koʻchada yoki suv yoʻq joyda).

Antiseptikdan foydalanishning afzalliklari va kamchiliklari quyidagilar:

  • mikrob, virus va zamburugʻlarni oʻldiradi;
  • qulay (oʻzi bilan olib yurish mumkin);
  • kuchli kirlarni tozalamaydi;
  • allergik reaksiyani chaqirishi mumkin;
  • haddan tashqari foydalanilganda terining ta’sirchanligini oshishiga va qurishiga olib keladi;
  • patogen mikroblardan tashqari, terining oʻz mikroflorasini ham oʻldirishi mumkin.

Koʻrinib turibdiki, muntazam foydalanish uchun koʻproq sovun mos keladi, antiseptikdan esa kuniga bir yoki ikki marta foydalanish tavsiya etiladi. Antibakterial vositalardan uyda, yoki kundalik hayotda emas, balki kasalxonada yoki epidemiya va kasalliklar avj olgan vaqtda foydalanish afzal. Agar qoʻllarni sovun bilan yuvish imkoniyati boʻlmasa, albatta, antiseptiklardan foydalanganingiz ma’qul.

Pandemiya qoʻlimizni tez-tez yuvishni, yuzalarni antiseptik bilan zararlantirish kabilarni oʻrgatdi va endi bu jarayonlarni doimo bajarish salomatlik mezonidir.

Oldingi Keyingi