Vaksinani ishlab chiqish uchun qancha vaqt ketadi?
Yangi patogen paydo boʻlganda, nafaqat organizm balki sogʻliqni saqlash tizimi ham himoyasiz qoladi. Bunday vaziyatlarda minimal yoʻqotishlarga ega boʻlgan jamoaviy immunitetni rivojlantirish uchun vaksinaga ehtiyoj paydo boʻladi.
Vaksinani juda zarur boʻlganda qanchalik tez ishlab chiqish mumkin?
Vaksinani ishlab chiqish odatda uch bosqichga boʻlinishi mumkin. Dastlabki tadqiqotlar davomida olimlar xavfsiz tarkibni topish uchun turli xil yondashuvlar bilan tajriba oʻtkazadilar. Vaksinani laboratoriyada sinovdan oʻtkazgandan soʻng, klinik tadqiqotlar boshlanadi, ya’ni, u turli maqsadli guruhlarda xavfsizlik, samaradorlik va nojoʻya ta’sirlarga tekshiriladi. Keyin vaksinani ishlab chiqarish va tarqatish boshlanadi.
Oddiy sharoitlarda, bu jarayon oʻrtacha 15 yildan 20 yilgacha davom etadi. Ammo pandemiya paytida tadqiqotchilar ushbu bosqichlarning har birining oʻtishini maksimal darajada tezlashtirish uchun turli xil strategiyalardan foydalanadilar.
Bosqichlarning har biri oʻzining afzalliklari va kamchiliklariga ega. Yondashuvlarning hech biri mutlaq kafolat bermaydi va ularning har biri uzoq muddatli tadqiqotlarni talab qiladi. Shuning uchun ishni tezlashtirishning eng yaxshi usuli bu turli laboratoriyalarga bir vaqtning oʻzida turli xil modellarni sinab koʻrish imkoniyatini berishdir.
Yangi vaksinalarning klinik sinovlari haqida keyingi maqolada oʻqing