Бактерии.png

Viruslar — insonlarning umrboqiy yoʻldoshi

Biz pandemiyalar va keng koʻlamli epidemiyalar paydo boʻlishi tarixi qadimgi davrlardan boshlanganligini tushunishimiz kerak. Eng xavfli yuqumli kasalliklarni yoʻq qilish va ulardan qutulishning yoʻli va imkoniyati emlash hisoblanadi. Bugungi kunda emlanish oʻzini va yaqinlarini ushbu mikroorganizmlar keltirib chiqaradigan asoratlar va oqibatlar xavfidan ozod etishning yagona usulidir.

Butunjahon Sogʻliqni saqlash tashkilotining (BSST) maʼlumotiga koʻra, Yer sayyorasida 1,2 mingdan ortiq yuqumli kasalliklar bor. Ular tufayli oʻlim soni jahondagi barcha oʻlim holatlarining toʻrtdan bir qismini, rivojlanayotgan davlatlarda esa — deyarli yarmini tashkil qiladi. Virus — oʻta kichik koʻrinmas biologik mavjudot boʻlib, hayvonlarga, oʻsimliklarga, bakteriyalar va zamburugʻlarga yuqishi mumkin. Odatdagi virusning hajmi bakteriyaning oʻlchamidan taxminan 1/10 qismini, inson hujayrasi oʻlchamining 1/100 yoki 1/1000 qismini tashkil qiladi. U faqat hujayra ichida oʻz hayotiy faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Viruslar – insonlarga va barcha tirik organizmlarga azaldan yoʻldosh boʻlgan. Ulardan eng xavflilariga misol keltirib oʻtamiz:

  • Poliomiyelit (bolalar falaji) — orqa miyani shikastlaydigan poliovirus tufayli kelib chiqadigan oʻtkir yuqumli kasallik. Odatda, alomatlarsiz kechadi, lekin baʼzida parezlar va falajlar bilan kechishi mumkin. Vaksina yaratilishidan avval poliomiyelit hamma yerda tarqalgan edi.
  • OITV har kuni 2000 dan ziyod inson hayotiga zomin boʻladi. Immun tanqisligi virusi immun tizimining hujayralarini shikastlaydi, uni kuchsizlashtiradi, natijada orttirilgan immun tanqislik sindromini (OITS) rivojlantiradi. Bemor organizmi ikkilamchi yuqumli kasalliklardan va oʻsmalardan himoyalanish qobiliyatini yoʻqotadi. Davolanilmasa, yuqishidan 9–11 yil oʻtgach bemor vafot etadi.
  • Gepatit B virusi. BSST ning baholashiga koʻra, 2 mlrd.ga yaqin kishilarga B gepatiti virusi yuqqan. Kasallik qoʻzgʻatuvchisi qonga oʻtadi va jigar hujayralarini — gepatotsitlarni shikastlaydi. Virus yuqqan gepatotsitlar organizmning immun hujayralari uchun nishon boʻlib, ommaviy oʻladi, bu esa jigar funksiyalari va oʻt chiqishi buzilishiga olib keladi.
  • Choʻchqa grippining (H1N1) virusi, avval uy choʻchqalari ichida tarqalgan, keyin insonga ham oʻtgan. Bu yuqumli kasallik OʻRVYUK uchun xos boʻlgan alomatlarni keltirib chiqaradi va pnevmoniyaga olib keladi. 2009–2010-yillarda H1N1 virusi juda keng tarqalgan. Bu pandemiya 30% aholini qamrab olgan, 18 mingdan ortiq kishining oʻlimiga sabab boʻlgan.
Oldingi Keyingi