Vitiligo nima?
Vitiligo – bu terining ayrim qismlarida rang pigmentlarining yoʻqolishi bilan namoyon boʻladigan kasallik. Ya’ni tanada umumiy fonda ajralib turadigan turli oʻlchamdagi oq dogʻlar paydo boʻladi. Dunyo aholisining 1%i vitiligo kasaliga chalinadi.
Kasallikning asosida teri hujayralaridagi melanin pigmenti (teri, soch va koʻzlarga rang beruvchi pigment) shakllanishining buzilishi turadi.
Kasallikning yagona aniq sababi ma’lum emas, ammo uning paydo boʻlishiga ba’zi omillar sabab boʻlishi mumkin. Bular: autoimmun kasalliklar (melanotsitlarni yoʻq qiladigan immunitet tizimi), kuchli stress, nasliy moyillik, gelmintlar va hokazolar.
Vitiligo hayot uchun hech qanday xavf tugʻdirmaydi – barcha muammolar faqat estetik xarakterli.
Boshqa odamdan vitiligoni yuqtirib olish mumkin emas. Bu infeksion kasallik emas.
Bunday insonlardan oʻzini olib qochish umuman noʻtoʻgʻri. Agarda bunday dogʻlar ozingizda kuzatilgan boʻlsa, xavotirga oʻrin yoʻq. Hayotingizga va sogʻligʻingizga hech qanday jiddiy xavf yoʻq.
Dogʻlar terining istalgan qismida, koʻpincha qovoqlarda, barmoqlarda, oyoq-qoʻllarda, tizzalarda, qorinda, bel va hokazolarda joylashgan boʻlishi mumkin. Vitiligo toshmasi bor joylardagi sochlar ham oq rangga aylanishi mumkin.
Dogʻlar ogʻrimaydi, qichimaydi va qipiqlanmaydi, ya’ni bezovta qilmaydi. Koʻproq psixologik noqulaylik keltirishi mumkin.
Koʻpchilik dogʻlardan qutilib boʻlmaydi deb qoʻrqishadi. Vitiligo davolanadi, ammo doimiy kuchga erishish kafolatlanmaydi.
Shuning uchun vitiligoning birinchi belgilaridanoq dermatologga uchrashish lozim. Shifokor bemorning ahvoli, qoʻshimcha kasalliklarning mavjudligi va teri toshmalarining intensivligini hisobga olgan holda davo choralari majmuasini individual ravishda tanlaydi.