пульс.jpg

YUS (yurak urish soni) nimani anglatadi?

YUS nima? Insonning yuqori pulsi sogʻliq buzilishining eng muhim signallaridan biridir. Yuz yillar davomida organizm qay holatda ekani turli metodlar bilan birgalikda, yurak urishi yordamida ham kuzatib kelinadi. Albatta, jismoniy mashqdan soʻng, masalan, yugurishdan keyin yurak urishi tezlashadi va bu normal holat, ammo agar biroz vaqt oʻtgach ham normal yurak urishi tiklanmasa, u yuqori darajada qolsa, unda siz sogʻligʻingiz haqida oʻylab koʻrishingiz va albatta, shifokor bilan maslahatlashishingiz kerak boʻladi.

Sogʻlom odamning oʻrtacha normal yurak urishi daqiqasiga 65 dan 85 zarbgacha boʻlib (bu koʻrsatkich yosh va sogʻliq holatiga bogʻliq), 90 ta zarbani bemalol yurakning tezlashgan urishi deb hisoblash mumkin. Yuqorida aytib oʻtilganidek, jismoniy tarbiya bilan shugʻullanayotganda har birimizda yurak urishi tezlashadi, bu organizmning sogʻlom reaksiyasi hisoblanadi, ammo jismoniy mashqlar paytida ham yurak urish tezligining oʻz me’yorlari bor. Ularni aniqlash juda oddiy – 220 sonidan yoshingizga teng raqamni ayirib tashlash kifoya. Masalan, oʻttiz yoshli odamda jismoniy tarbiya paytida yurak urishi bir daqiqada 190 martaga, ellik yoshida esa 170 martaga yetishi mumkin.

Jismoniy mashqlar yoki boshqa har qanday jismoniy faoliyatdan soʻng siz yurak urishingizni kuzatib borishingiz va uni iloji boricha tezroq normal ritmga qaytarishga harakat qilishingiz kerak. Kardiologga oʻz vaqtida murojaat qilish sogʻligʻingizni saqlashga yordam beradi va uni e’tiborsiz qoldirish, aksincha, tananing holatini qaytarilmas oqibatlarga qadar yomonlashtirishga olib kelishi mumkin.

Назад Далее