IELTS imtihon natijalarimni qanday bilishim va qayerdan olishim mumkin?

Imtihonni qogʻozda topshirgan boʻlsangiz, IELTS natijalari imtihondan 13 kalendar kun oʻtgach, kompyuterda imtihon topshirgan boʻlsangiz — 3-5 kundan keyin ma’lum boʻladi.

IELTS NATIJALARI - ONLAYN VA POCHTA ORQALI

Natijalaringizni imtihondan 13 kalendar kun soat 12:00 dan keyin imtihon markazi veb-saytida onlayn koʻrishingiz mumkin boʻladi. Shuningdek, test kuni anketada koʻrsatilgan telefon raqamingizga ham test natijalari haqida SMS-xabar joʻnatiladi.

Sizning IELTS natijalaringiz (shuningdek, Test Report Form deb ham ataladi) asosiy imtihon sanasidan 13 kalendar kuni oʻtgach, pochta orqali yuboriladi. Test kuni toʻldirilgan anketada “oʻzim olib ketaman” ni belgilab, sertifikatingizni oʻzingiz test markazidan olib ketishingiz mumkin.

BU MUHIM! Natijalar telefon, faks yoki elektron pochta orqali berilmaydi.

IELTS sertifikati

  • Sizga sertifikatning bir nusxasi beriladi. Agar siz uni yoʻqotib qoʻysangiz, dublikat, afsuski, berilmaydi.
  • Biroq, imtihon topshirganingizdan keyin ikki yil mobaynida siz sertifikatning qoʻshimcha nusxalarini olish huquqiga egasiz, ular sizning natijalaringizni soʻragan tashkilotga yuborilishi mumkin.

QABUL QILUVCHI TASHKILOTLAR UCHUN DUBLIKAT SERTIFIKATLAR

  • Sertifikatning koʻpi bilan beshta qoʻshimcha nusxasi tashkilotlarga (masalan, Universitetlar, Immigratsiya xizmatlari va boshqalar) bepul yuborilishi mumkin.
  • Agar siz ushbu xizmatdan foydalanmoqchi boʻlsangiz, roʻyxatdan oʻtish vaqtida ularning manzillarini koʻrsating. Agar roʻyxatdan oʻtish paytida qabul qiluvchi tashkilotlarning manzillari notoʻgʻri kiritilgan boʻlsa, manzilni oʻzgartirish formasini toʻldirish orqali uni oʻzgartirishingiz mumkin.
  • Sertifikatlarni qabul qiluvchi tashkilotlar sertifikatlarni duplikatini talab qiladi. Sertifikat nusxalarini qabul qilishmaydi.
  • Qabul qiluvchi tashkilotlar sertifikatning haqiqiyligini onlayn tekshirish xizmati (IELTS Test Report Form (TRF) Verification Service) yordamida tekshirishlari mumkin. Buning uchun ularga sertifikatingizning pastki oʻng burchagida joylashgan roʻyxatga olish raqami kerak boʻladi.

IELTS sertifikati muddati

Odatda, sertifikat 2 yillik muddat davomida amal qiladi. Sertifikatning muddati tugagandan soʻng, siz tilni bilish darajangizni tasdiqlovchi qoʻshimcha hujjat taqdim etishingiz kerak boʻladi.

Oldingi Keyingi