IELTS imtihoni sanasini qanday oʻzgartirish mumkin?
Tasavvur qiling, siz allaqachon IELTS imtihoniga roʻyxatdan oʻtib boʻlgansiz, lekin imtihon sanasi yaqinlashgani sari siz hali tayyor emasligingizni tushunib yetdingiz. Bunday holda, British Council ham, IDP ham sizga sinov muddatini oʻzgartirish xizmatini taklif qiladi.
- Agar siz Britaniya Kengashida imtihon uchun roʻyxatdan oʻtgan boʻlsangiz, IELTSni (qogʻoz) imtihonidan besh hafta oldin, kompyuterda topshiriladiganidan esa 2 hafta oldin test kunini boshqa kunga bepul koʻchililishini soʻrashingiz mumkin.
- Shunga e’tibor qaratingki, yangi sinov sanasi asl sanadan keyin uch oy ichida boʻlishi kerak. Kasal boʻlib qolgan boʻlsangiz, tibbiy ma’lumotnomaning asl nusxasi va sinov sanasini koʻchirish uchun blanka test oʻtkazilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan boʻlishi lozim. Rasmiy imtihon markazidan imtihonni boshqa kunga koʻchirishni soʻrashingiz kerak boʻladi.
- Agar yangi sanaga imtihonni koʻchira olgan boʻlsangiz va testning ikkinchi sanasida kasal boʻlib qolsangiz yoki boshqa sababga koʻra qatnasha olmasangiz, test toʻlovini qaytarib olish yoki testni yana boshqa sanag koʻchira olmaysiz.