IELTS imtihoniga tayyorgarlik materiallari

IELTS imtihoniga tayyorgarlik koʻrish uchun koʻpgina imkoniyatlar mavjud. Masalan, aynan IELTS uchun yaratilgan va unga tayyorgarlik koʻrish uchun yaratilgan kanallar, bloglar va kitoblar kabi ajoyib ma’lumot manbalari mavjud.

Ushbu testdan oʻtishingizga yordam beradigan kitoblarni tavsiya qilish uchun quyida koʻplab manbalarni koʻrib chiqamiz.

  1. The Official Cambridge Guide to IELTS.

Bu kitob ham IELTS Academic, ham IELTS General Training uchun mos keladi.

IELTS imtihonida yuqori ball olishingizga yordam berish uchun moʻljallangan ushbu kitobda IELTS ni topshirgan odamlarning maslahat va tavsiyalari mavjud. Bosqichma-bosqich qoʻllanmalar IELTS imtihoningizni rejalashtirish, tayyorlash va eng yuqori ball olishingizga yordam beradi.

2. Road to IELTS

Texnik jihatdan bu kitob emas. Road to IELTS interaktiv onlayn kurs boʻlib, u amaliyot testlari, oʻquv videolari va boshqa interaktiv mashqlarni taklif etadi. Siz oʻzingizga 3 tagacha IELTS amaliyot testlarini bepul yuklab olishingiz mumkin. Agar British Council orqali test roʻyxatidan oʻtgan boʻlsangiz, u holda bepul videolar va interaktiv topshiriqlarni 2 barobar koʻproq yuklab olishingiz mumkin.

3. English Collocations in Use

Ushbu material IELTS ga tayyorlanish uchun pdf dormatdagi eng yaxshi bepul onlayn kitoblardan biri boʻlib, ingliz tilidagi soʻz boyligingizni kengaytirishga yordam beradigan turli mavzulardagi 60 ta darsni oʻz ichiga oladi. Darslarning har birida ingliz tili boʻyicha bilimingizni oshiruvchi va hatto IELTS dan 6,5+ ball olishingizga yordam beradigan nazariy va amaliy mashqlar mavjud.

4. Vocabulary for IELTS

Kembrij IELTS kutubxonasining yana bir ajoyib rasmiy kitobidir. Unda imtihon uchun soʻz boyligingizni yaxshilashga yordam beradigan koʻplab mashgʻulotlar mavjud. Soʻzlar juda yaxshi tanlangan va ularning barchasi haqiqiy imtihonda ishlatilishi mumkin. Darslar qiziqarli tarzda sizning soʻz boyligingizni kengaytirishga yordam beradi. Bu kitob koʻproq IELTS ning oʻqish (reading) boʻlimiga qaratilgan, chunki bu qism boshqa boʻlimlarga qaraganda koʻproq lugʻatni tekshirishga ixtisoslashgan.

5. Grammar for IELTS

Test savollariga emas, balki bilim oshirishga qaratilgan. Shu bilan birga, IELTS grammatikasi oldingi IELTS testlaridan rasmiy parchalar, savollar toʻplami va topshiriqlarni ham oʻz ichiga oladi. Ushbu kitob yordamida siz imtihonning har bir qismida grammatikadan qanday foydalanishni va qoʻllashni oʻrganasiz!

IELTS ga tayyorgarlik koʻrish uchun keltirilgan kitoblar muallifning subyektiv fikri boʻlib, bu reklama emasligi va ularni tanlash yoki tanlamaslik sizning qaroringiz ekanini eslatib oʻtamiz.

Oldingi Keyingi