IELTS kompyuter testlarining afzalliklari va kamchiliklari

Ushbu maqolada biz kompyuterda topshiriladigan (CD) IELTS imtihonining afzalliklari va kamchiliklarini muhokama qilamiz.

CD IELTS testining afzalliklari:

  • Agar siz kompyuterda yozish tezligingiz baland boʻlsa, javoblarni kiritish siz uchun qulay boladi.
  • Natijalarni qisqa vaqt ichida, ya’ni sinovdan keyin 3-5 ish kuni ichida olishingiz mumkin.

CD-IELTS testining kamchiliklari.

  • Sizda juda tez yozish tezligi boʻlishi kerak. Agar bunday tezlik boʻlmasa, CD IELTS topshirishdan voz kechib, qogʻoz testni tanlashni maslahat beramiz, yoki taymer yordamida insho yozishni mashq qiling.

Endi kompyuterga asoslangan IELTS testining har bir boʻlimi afzalliklari va kamchiliklarini koʻrib chiqamiz:

IELTS Tinglash testining kamchiliklari:

  • Kompyuter testida bir vaqtning oʻzida ham tinglab ham yozishingiz kerak.
  • Javoblarni varaqqa koʻchirish uchun sizga qoʻshimcha 10 daqiqa ajratilmaydi. Barcha javoblar belgilangani uchun sizga ularni tekshirib olishga taxminan 2 minut vaqt beriladi.

CD IELTS tinglash testining afzalliklari.

  • Test qismlari orasida erkin va oson harakat qilishingiz mumkin.

CD IELTS oʻqish boʻlimining kamchiliklari:

  • Qidiruv funksiyasidan soʻzlarni qidirish uchun foydalana olmaysiz.

CD IELTS oʻqish boʻlimining afzalliklari.

  • Kompyuterda test oʻtkazishning afzalligi shundaki, ekran ikki qismga boʻlingan boʻlib, oʻng tomonda matn va chap tomonda savollar boʻladi, siz savollar va matn orasida qogʻoz versiya kabi varoqlab oʻtishingiz shart emas.
  • Shrift hajmini kattalashtirishingiz mumkin.
  • CD IELTS da matnni sichqonchaning oʻng tugmasi bilan osongina ajratib olishingiz mumkin.
  • Yana bir katta afzallik shundaki, javoblarni oʻzingiz yozishingiz shart emas, uni matndan koʻchirishingiz va javoblar tarafiga joylashtirishingiz mumkin.

CD IELTS testi yozma boʻlimining kamchiliklari.

  • Oʻzingiz yozgan matnni oʻqishda xatolarni har doim ham topa olmasligingiz mumkim.
  • Yozish boʻlimida klaviaturada juda koʻp yoziladi va bu boshqalarni chalgʻitadigan shovqinni yaratadi.

CD IELTS testi yozuv qismining afzalliklari tomonlari.

  • Kompyuterda soʻzlarni hisoblash funksiyasi mavjud, shuning uchun ularni sanashga hojat yoʻq.
  • Matnni kesish, nusxalash va qayta joylashtirish orqali uni tahrirlash juda oson.

CD IELTS imtihonining Writing boʻlimiga oid eslatmalar:

  • Inshoni rejalashtirishingiz uchun sizga qogʻoz va qalam beriladi.

CD IELTS Ogʻzaki imtihoni

  • Ogʻzaki test har ikki turdagi testlar uchun bir xil boʻlib, nomzod va imtihon oluvchi oʻrtasidagi suhbatdan iborat. U zoom konferensiyasi orqali ham, imtihon oluvchi bilan yuzma-yuz suhbat sifatida ham oʻtkazilishi mumkin.
Oldingi Keyingi