IELTS Listening ballingizni qanday oshirish mumkin? (1-qism)
IELST Listening boʻlimidagi savollar oʻziga xos boʻlib, ularga tayyorgarliksiz javob berish mushkul ishdir. Shuning uchun mashq qiling, savollar shakliga koʻnikib boring, quloqlaringizni va qoʻllaringizni “chaqqon” qilib boring, shunda siz buni albatta uddalaysiz.
- Har kuni ingliz tilida nutq tinglang
Tinglash testi ingliz tilini qanchalik yaxshi tushunganingizni tekshirish uchun moʻljallangan. Shuning uchun tinglash qobiliyatingizni yaxshilashning eng yaxshi usuli — ingliz tilida koʻplab suhbatlarni tinglashdir. Nimani eshitish mumkin va lozim?
- Onlayn yangiliklar kanallari bu uchun mos keladi, chunki ular reportaj va suhbatlarga ega. Yangilik kanallari tomosha qilishingiz uchun BBC News variantini tavsiya qilamiz. Har xil nutqqa koʻnikish va turli shevalarni tushunish uchun ingliz tilida soʻzlashuvchi turli mamlakatlar (Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSh, Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya va Janubiy Afrika) yangiliklarini tinglang.
- Podkastlar ajoyib manbadir.
- TED suhbatlari (Ted talks) ham foydali. Ular koʻpincha qisqa onlayn ma’ruzalar va monologlarni tinglashni mashq qilish uchun juda mos keladi.
- Bundan tashqari, jiddiy mavzulardan tortib yengil koʻngilochar mavzulargacha millionlab videolarni oʻz ichiga olgan YouTube platformasi mavjud.
- Onlayn radio — intervyularni tinglash uchun eng yaxshi manbalardan biri. Uning yordamida ingliz tili ona tilisi boʻlgan soʻzlashuvchilar oʻrtasidagi suhbatlarni tinglashni mashq qiling.
Agar siz har kuni biror narsa tinglab borsangiz (kamida 10-15 daqiqa), tinglash qobiliyatingiz asta-sekin yaxshilanadi.
2. Amaliy testlarni yeching
Koʻp talabalar uchun bunday testlarni yechish birinchi oʻringa chiqadi va ular bit testdan keyin ikkinchisini yechishga bor vaqtlarini sarflaydilar. Rostdan ham tinglash testida 10 xil turdagi savollarni oʻrganib chiqib ularga qanday javob berish strategiyalarini oʻrganish va amaliyot testlarini yechish muhim, ammo bu yuqori ball olishda foydali usul emas. Vaqtingizning 10-15 foizini testni qanday yechishni oʻrganishga, 85-90 foizini esa ingliz tilidagi ogʻzaki nutqni tinglashga sarflashni tavsiya qilamiz. Tinglash qobiliyatlaringizni yaxshilashdan tashqari, bu taktika sizning umumiy ingliz tilini bilishingizni tezda yaxshilaydi, natijada IELTS imtihonining barcha qismlarida yuqori ball ola olasiz.
3. Oʻzingizning zaif tomonlaringizni aniqlang
Oʻzingizning zaif tomonlaringizni bilmasangiz va ularni yaxshilashga e’tibor qaratmasangiz, ingliz tilini tinglash va amaliyot testlarini topshirish uchun soatlar sarflashdan hech qanday ma’no yoʻq. Grammatikadan bilimingiz kamligi sizni muvaffaqiyatsizlikka olib kelyaptimi, yoki soʻz boyligingiz cheklanganmi yoki sizga suhbatlarni kuzatib borish qiyinmi? Savollarga javob topishga harakat qiling. Agar testni yechayotganingizda eng koʻp yoʻl qoʻyadigan xatolaringizni aniqlamoqchi boʻlsangiz, test sinovlari natijalarini tahlil qiling va qanday xatolarga yoʻl qoʻyganingizni aniqlab, ushbu muammoli sohalar ustida ishlang.