IELTS Listening boʻlimidan ballingizni qanday oshirish mumkin? 2-qism

  1. Fikringizni boshqa soʻzlar bilan ifodalashni mashq qiling.

Ingliz tilini onlayn tinglash orqali rivojlantirishingiz va mashq qilishingiz mumkin boʻlgan oʻziga xos mahorat - parafrazdir (ma’no oʻzgarmagan holda jumlalar oʻzgarishi).

Tinglash testidagi audio savollar koʻplab sinonimlar va tarjima qilingan kalit soʻzlar va iboralarni oʻz ichiga oladi. Eshitgan gaplaringizni ma’nosi oʻzgarmagan holatda boshqa soʻz va iboralar bilan ifodalashni odat qilib oling.

Quyida tez-tez uchraydigan test savollaridan misollar keltirilgan:

Berilgan gap: The school was first built in 2005. (Maktab birinchi marta 2005-yilda qurilgan.)

Parafraz: The school itself wasn’t developed until 2005. (Maktabning 2005-yilgacha qurilmagan.)

Berilgan gap: The stirrup is located in the ear and is a very small bone. (Uzangi quloqda joylashgan va juda kichkina suyak hisoblanadi.)

Parafraz: It’s the smallest bone in the human body. (U inson tanasidagi eng kichik suyakdir.)

Ushbu mashqni har kuni bir nechta jumlalarni oʻzgartirib bajaring va sizning parafraz qilish qobiliyatingiz asta-sekin yaxshilanadi.

2. Oldindan taxmin qilish texnikasidan foydalaning

Bu rivojlantirish juda oson boʻlgan mahorat. Birinchi, oldingi maqolada keltirilgan koʻplab manbalardan birini tinglash uchun biror narsani tanlang.

Videoni tomosha qilishni yoki audio tinglashni boshlashdan oldin, videoning sarlavhasini oʻqing va unga kiritilishi mumkin boʻlgan ma’lumotlarni taxmin qilishga harakat qiling. Tinglayotganingizda, vaqti-vaqti bilan audioni toʻxtating va keyingi hodisalar rivojini taxmin qiling.

3. Ravon va bogʻlangan nutqni eshitishni rivojlantiring.

Bu koʻpchilik talabalar duch keladigan muammo.

“Chunking” — soʻzlar va tovushlarning bir-biri bilan qoʻshilib ketishi boʻlib, ingliz tili ona tilisi boʻlmagan odamga aytilayotgan gaplarni tushunishni qiyinlashtiradi.

Quyidagi misollarda siz aytilgan soʻzlarni va ular tinglovchiga qanday eshitilishini koʻrishingiz mumkin.

What are you going to do? ( Whad ayu gonna do? )

Nima qilmoqchisiz?

I’m going to read a book. ( I’m gonna re dabook).

Men kitob oʻqimoqchiman.

Bogʻlangan nutqni tushunish muammosini hal qilishning oson yoʻli yoʻq. Faqat doimiy tezlikda ona tilisida suhbat qurayotganlarni tinglashgina yordam berishi mumkin. Buni muntazam ravishda bajarsangiz, tinglash qobiliyatingiz sezilarli darajada yaxshilanadi.

Umid qilamizki, siz IELTS tinglash koʻnikmalaringizni oshirish boʻyicha maslahatlarimizni foydali deb topdingiz.

Oldingi Keyingi