IELTS ning Reading boʻlimi boʻyicha yuqori bal olish uchun 10 ta maslahat (1-qism)

IELTS imtihonining oʻqish boʻlimi katta hajmdagi matnni tushunish va unga oid savollarga toʻgʻri javob berishni talab qilgani uchun qiyin hisoblanadi. Bugun biz siz bilan oʻqish malakasini qanday rivojlantirish va oshirish haqida 10 ta maslahatni koʻrib chiqamiz va bu IELTS ning oʻqish boʻlimidan yuqori ball olishingizga yordam beradi deb umid qilamiz!

  1. Ingliz tilida iloji boricha koʻproq turli matnlarni oʻqing

Ingliz tilidagi oʻqish materiallarini iloji boricha koʻproq oʻqishga harakat qiling, bu kitoblar, gazeta maqolalari, onlayn nashrlar, ilmiy materiallar va hatto ijtimoiy tarmoqlar boʻlishi mumkin. Turli xildagi yozma nutq bilan tanishishingiz oʻqish qobiliyatingizni yaxshilashga va soʻz boyligingizni kengaytirishga yordam beradi. Qolaversa, oʻqish tezligingiz ham yaxshilanadi.

2. Oʻqishni yagona oʻrganish taktikasiga aylantirmang.

Afsuski, koʻp kitob oʻqish sizni IELTS imtihoniga butunlay tayyorlay olmaydi. Oʻqish boʻlimi muhim ma’lumotlarni aniqlash qobiliyatingizni ham sinab koʻrish uchun moʻljallangan. Bu sifatni rivojlantirish uchun foydali mashqlardan biri bu — oʻzingiz uchun savollar yozish. Sizni qiziqtirgan maqolani toping va uni oʻqing. Bunda siz eng muhim deb hisoblagan ma’lumotlarni ajratib oling. Keyin oʻqigan ma’lumotlaringiz boʻyicha bir yoki ikkita savol (IELTS Reading shaklida) oʻylab toping.

3. Notanish soʻzlarni yod oling

Turli matnlarni oʻqiyotganingizda, tushunarsiz soʻzlarni yoki iboralarni ajratib (masalan, flomaster bilan) qoʻyishni odat qiling. Keyin ular nimani anglatishini bilib olishni unutmang.

4. Avval savollarni oʻqib koʻring

“Oʻqish” boʻlimidagi maqolani toʻliq oʻqishdan oldin, birinchi navbatda savollarga qarang, chunki ular matn bilan bevosita bogʻliq boʻladi. Savollarni oldindan bilish sizga oʻqishda nimalarga e’tibor berish kerakligini aniqlashga yordam beradi.

5. Esingizda boʻlsin: toʻgʻri imlo juda ham muhim

Agar javobingizda imloviy xatolar boʻlsa, berilgan javob ma’nosi jihatdan toʻgʻri boʻlishiga qaramay, javob notoʻgʻri deb qabul qilinadi.

Oldingi Keyingi