IELTS Speaking balimni qanday oshirishim mumkin? 2-qism

  1. Nutqingizni yozib uning ustida ishlang.

IELTS imtihonida nutq mahoratingizni oshirish har doim ham oson emas. Nutqingizni mashq qilish va yaxshilashning samarali usullaridan biri nutqingizni audio shaklda yozib olishdir. Oʻzingiz bilan ogʻzaki suhbatni mustaqil ravishda oʻtkazing.

  • Savollarni oʻzingiz oʻqib ularga oʻzingiz javob berishingiz mumkin va javoblaringizni diktofonga yozib oling.
  • Nutqingizni eshitayotganda lugʻat, grammatika, soʻz ishlatishda aniqlik va talaffuzni baholash mezonlariga kiritilgan narsalarga e’tibor bering.
  • Keyingi suhbatda xatolaringizni yodda tuting, lekin oʻzingizni qattiq tanqid qilmang.
  • Har safar baholash mezonlaridan bittasiga e’tibor qarating (masalan bir safar soʻz boylik, keyingi safar grammatika va h.k.) va bu yoʻnalishda nutqingizni qanday yaxshilashingiz haqida oʻylang.

2. Harakatni boshlang!

  • Koʻp imtihon topshiruvchilar oʻzlarining nutq yoki talaffuz koʻnikmalarini qanday yaxshilash mumkinligini oʻylaydilar.
  • Eng yaxshi usullardan biri — ona tilida soʻzlashuvchining nutqiga taqlid qilish.
  • Filmlar yoki seriallarni tomosha qiling va aktyorlarning nutqiga taqlid qiling.
  • Ularning urgʻularidan, intonatsiyasidan foydalaning, soʻzlar va iboralarni ular aytganidek talaffuz qilishga harakat qiling.
  • Har hil koʻrsatuvlarni eshitib, ular asosida kichik mashgʻulotlarni bajaring — gapni tinglang, videoni pauza qiling, eshitgan gapingizni takrorlang.
  • Tinglang, pauza qiling va takrorlang.

Avvaliga bu biroz sun’iy tuyulishi mumkin, lekin siz uzoq vaqt shunday gapirishni mashq qilsangiz talaffuz sizni rol oʻynayotgandek emas, balki nutqingizning tabiiy qismi kabi chiqishni boshlaydi.

3. Boshqalarni fikrini eshiting.

  • Koʻp IELTS imtihonlariga tayyorlanuvchilar mustaqil ravishda tayyorgarlik koʻrishadi va ba’zilar uchun bu samarali boʻlishi mumkin.
  • Boshqalar uchun esa IELTSda soʻzlashuvini yaxshilashning eng yaxshi yoʻli bu malakali IELTS oʻqituvchisidan professional fikr-mulohaza olishdir.
  • IELTS imtihoni boʻyicha bilimga ega boʻlgan kishi kuchli va zaif tomonlaringizni va yaxshilash kerak boʻlgan sohalaringizni koʻrsatib, sizga samaraliroq yoʻl-yoʻriq koʻrsatishi mumkin.
  • Professional IELTS oʻqituvchisi sinash uchun ogʻzaki testlarni oʻtkazishi, javoblaringizni qanday oʻzgartirish boʻyicha oʻz fikr-mulohazalar va gʻoyalarni berishi, grammatikangizni yaxshilash uchun turli gap tuzilishlarini oʻrgatishi, soʻz boyligingizni oshirish boʻyicha maslahatlar va namunali javoblar berishi mumkin.

Oldingi Keyingi