IELTS testidan bir kun oldin nima qilish kerak?
1-qadam: Shu paytgacha yozgan eslatmalaringizni/ish varaqlaringizni koʻrib chiqing.
- IELTSga tayyorgarlik koʻrgan barcha eslatmalaringizni eslaysizmi? Hali ularni tashlab yuborish vaqti emas. Bu sinovdan keyingi kun amalga oshirilishi mumkin. Avval ularni oʻqib chiqishingiz kerak.
- Ularni yotishdan oldin oʻqing, shunda xotirangizda qoladi.
- Ertalab uygʻonganingizda, ularni qayta oʻqing. Juda diqqat bilan oʻqib chiqishingiz shart emas. Qisqa muddatli xotirangizda qolishi uchun koʻzdan kechirsangiz yetadi.
- Shu paytgacha IELTS darslarida talabalar bilan yonma-yon oʻtirib, eslatmalarni yozib mashaqqatli ishni bajarib boʻldingiz — endi eng osoni qoldi: ularni koʻrib chiqish!
2-qadam: Yaxshilab dam oling.
- Doʻstlaringizga va atrofingizdagilarga chalgʻimaslikka harakat qiling. Boʻlajak imtihondan oldin diqqatni jamlab olish juda muhimdir.
- Imtihondan avval tinchroq xonada bemalol, chalgʻimay dars qila olish uchun boʻsh xona toping.
- Uyquga erta yoting.
- Yomon narsalar haqida oʻylamang. Kelajakdagi muvaffaqiyatlaringiz haqida orzu qiling.
- Ertalab uxlab qolmaslik uchun telefoningizga budilnikni oʻrnating.
3-qadam: Ertalab nonushta qiling.
- Uygʻonganingizdan soʻng, nonushta qilishni unutmang.
- Miya faoliyatini ragʻbatlantiradigan sogʻlom narsalarni iste’mol qiling, masalan, banan, brokkoli, yongʻoq yoki qora shokolad.
- Albatta dush qabul qiling va tishlaringizni yaxshilab yuving. Ogʻzingizdan yoki tanangizdan yomon hid kelishi imtihonda diqqatni jamlashingizga ta’sir qilishi mumkin.
4-qadam: Testni oʻtkazib yubormang.
- Oʻzingiz bilan guvohnomangizni olib kelishni unutmang.
- Imtihon vaqtidan biroz ertaroq keling va boʻlajak imtihonga diqqatni jamlash uchun vaqt ajrating.
- Oʻzingiz xohlagan natijani olishingiz haqida oʻylashga harakat qiling.
- Imtihondan oldingi olgan ballaringiz haqida oʻylamang.
Test oʻtgach uning natijalari haqida oʻylamaslikka harakat qiling. Qoʻlingizdan kelgan barcha ishni qilganingizni hamda barcha bilim va qobiliyatingizni ishlatganingizni oʻzingizga aytib, xotirjam boʻling.
Omad yor boʻlsin!