Ingliz tili grammatikasi boʻyicha bilimimni qanday yaxshilashim mumkin? (1-qism)

Grammatika koʻplab til oʻrganuvchilar va imtihonlarga tayyorgarlik koʻrayotganlar uchun stress keltirib chiqaradi, chunki u chalkashroq va murakkab tuyulishi mumkin. Biroq, toʻgʻri grammatika sizning yozuvingiz, nutqingiz va umumiy muvaffaqiyatingiz uchun ahamiyatlidir. Shunday qilib, grammatika boʻyicha bilimingizni yaxshilashning bir necha oson usullarini bilish juda muhim. Quyida sizga sinab koʻrishga arzirli yaxshi maslahatlar roʻyxatini taqdim etamiz!

1.Oʻqing

Oʻqish grammatik bilimingizni oshirishning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi. Oʻqigan paytingiz, ongingizda toʻgʻri grammatik tuzilishlar yodda qoladi. Ovoz chiqarib oʻqish juda ham foydali hisoblanadi, chunki koʻrish, nutq va eshitishning aralashmasi oʻrganganlaringizni mustahkamlashga yordam beradi.

Qolaversa, sizga grammatika boʻyicha qoʻllanma asqotadi. Yoningizda grammatik ma’lumotnoma boʻlsa, biror narsa yozmoqchi boʻlganingizda unga murojaat qilishingiz mumkin. Shunda grammatik savol tugʻilganda ham, javob olish uchun tezda ushbu qoʻllanmani ochib koʻrishingiz mumkin boʻladi.

2.Grammatikaning asosiy qonunlarini takrorlang

Ingliz tilini oʻrganish darslari siz uchun qiziq boʻlmasa ham, tilning asosiy tamoyillari va qoidalarini oʻrganish yoki takrorlash uchun malum vaqt sarflashingiz zarur. Gapning asosiy qismlarini koʻrib chiqib, odamlarda tez-tez uchraydigan grammatik xatolarni oʻrganib chiqing.

3.Bilimlaringizni amalda qoʻllang.

Grammatik koʻnikmalarni yaxshilashga yordam beradigan internet va bosma nashrlarda juda koʻp ajoyib manbalar mavjud. Internetdan koʻplab grammatika oʻyinlari va mashqlarini topishingiz mumkin. Agar grammatika sizning zaif tarafingiz ekanligini bilsangiz, grammatika mashqlarini bajarish uchun har kuni bir necha daqiqa vaqt ajrating. Hattoki oddiy testlar ham grammatika koʻnikmalaringizni yaxshilashga yordam beradi.

Oldingi Keyingi