Ingliz tili grammatikasi boʻyicha bilimimni qanday yaxshilashim mumkin? (2-qism)
Oldingi maqolada biz ingliz tili grammatikasi boʻyicha bilimingizni qanday yaxshilash haqida gapirgan edik. Ushbu maqolada maslahatlarimizni davom ettirmoqchimiz va IELTS imtihonida ishlatiladigan grammatika boʻyicha aniq maslahatlarni berib oʻtmoqchimiz.
1.Ustozlaringizga quloq tuting.
Oʻqituvchilar sizning bilim darajangiz haqida fikr bildirganda, ularni tinglang! Biron-bir mavzu bilan bogʻliq doimiy qiyinchiligingiz bor-yoʻqlini oʻylab koʻring. Masalan, ustozingizdan gapda bir soʻzni takrorlashingiz haqida koʻp izohlar olasizmi? Yoki ega va kesimni bir-biriga moslashtirishda qiyinchiliklarga uchraysizmi? Agar shunday boʻlsa, yozuvlaringizni qayta oʻqiyotganingizda, ushbu xatolarga e’tibor bering. Insho yozishdan oldin, yodda tutishingiz kerak boʻlgan xatolar roʻyxatini tuzishni ham maslahat beramiz.
2. Ovoz chiqarib qayta oʻqing
Ba’zan oʻzimiz yozgan narsalarni qayta oʻqiganimizda, miyamiz yozuvda yetishmayotgan ma’lumotlarni avtomatik ravishda toʻldiradi. Ammo qayta oʻqiganimizda hamma vaqt ham oʻz xatolarimizni sezmaymiz. Shu bois ustozingiz yoki doʻstingizdan yozganlaringizni oʻqib koʻrishlarini soʻrash grammatikadagi zaif nuqtalaringizni aniqlashning samarali usuli hisoblanadi. Matnni ovoz chiqarib oʻqish ham xatolaringizni koʻra olishda yordam beradi.
3. Yozing
Yozuvni qanchalik koʻp mashq qilsangiz, u shunchalik tabiiy holda toʻgʻirlanadi.
Yuqoridagi usullardan muntazam ravishda foydalaning va sekin, lekin sezilarli darajada grammatika koʻnikmalaringizni yaxshilay boshlaysiz.
IELTS imtihonini topshirishda grammatikadan foydalanish:
● Gapirayotganda yoki yozganda zamonlardan toʻgʻri foydalaning.
● Gapirayotganda passiv gaplardan foydalanishga harakat qiling. Vaziyatga qarab gaplarni tuzilishini oʻzgartirishni unutmang.
● Imtihon topshiruvchilar modal fe’llarni keraksiz joylarda ishlatmasliklari kerak, chunki ular noaniqlikni koʻrsatadi.
● Tegishli artikl va sifatlardan foydalanib har xil gaplar tuzing.
● Koʻp nomzodlar toʻgʻri predlogni ishlatishda xato qiladilar. Ogʻzaki va yozma imtihonda mazmunli gaplar tuzish uchun predloglarni bilish zarur.
Biz bergan maslahatlar sizga yoqdimi? Hayotingizda qaysi maslahatlarni qoʻllashingizni va bizdan oʻrgandan eng qiziqarli maslahatlaringizni izohlarda yozib qoldiring!