Глобус.png

Kelajak kasblari: qaysi sohani tanlasak yutqazmaymiz?

Har kim kelajak kasblarini har xil tasavvur qiladi. Kimdir kelajak kasbi bu axborot kommunikatsiya texnologiyalari ekaniga ishonsa, yana kimdir iqtisodiy tarmoqlarni kelajak kasbi deb hisoblaydi.

Tabiiyki savol tug‘iladi: agar barcha sohalar avtomatlashtirilsa, biz insonlar nima bilan shug‘ullanamiz? Bugun tanlagan mutaxassisligimiz bilan kelajakda ishsiz qolmaymaymizmi?

Bu borada yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarining ahamiyati muhim. Xo‘sh, O‘zbekistonda qaysi soha jadallik bilan rivojlanyapti, yaqin kelajakda qanday kadrlarga ehtiyoj ortadi?

Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalari to‘liq avtomatlashtirilayotgan bir paytda 20-30 yildan keyin ba’zi kasblarda inson resursiga talab mutlaqo yo‘qoladi. Masalan, bugun yirik savdo rastalarida elektron to‘lov tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda, tabiiyki, kelajakda kassir xizmatiga ehtiyoj qolmaydi. Yoki to‘liq avtomatlashtirilgan taksilar hayotga tatbiq etilsa, haydovchilarning keragi bo‘lmaydi.

Mutaxassislarning fikricha, 2035-yilga borib dunyoda 70% ga yaqin kasblar avtomatizatsiyaga o‘tadi. Yaqin kelajakda O‘zbekiston aholisi 40 millionga yetishini hisobga oladigan bo‘lsak, mehnat bozorida kadrlarga ehtiyoj ortib boradi.

Kelajakda IT-sohasi bo‘yicha tayyorlangan mutaxassislar talabgir bo‘ladi. O‘zbekiston sharoitida aytadigan bo‘lsam, bizga axborot texnologiyalari endi kirib kelyapti. Shuning uchun bir necha o‘n yillardan keyin va hatto hozir ham dasturchilarga ehtiyoj yuqori o‘rinda turadi.

Yaqin kelajakda O‘zbekiston mehnat bozorida axborot texnologiyalari yo‘nalishiga hamda jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi vakillariga, qurilish sohasi injenerlariga ehtiyoj ortadi.

Shuningdek, iqtisodchi, turizm boshqaruvchisi, xizmatlar sohasidagi mutaxassis boshqaruvchilarga talab doimo kuchayib boradi. Turizm rivojlanayotgan bir paytda, bu sohani boshqaruvchi menejerlarga ham talab ortadi. Raqamli iqtisodiyot ham malakali kadrlarga muhtoj bo‘lib kelmoqda. Inflyatsiya, narx-navo, loyihalarni moliyalashtirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilish kabi masalalarni hal qiladigan mutaxassislar zarur bo‘ladi.

Qiziqarli ma’lumot: AQSH mehnat vazirligi “Business insider” mehnat bozorini o‘rganib, kelajakda top-30 ta eng ko‘p haq to‘lanadigan kasblarni e’lon qildi. Sizning e’tiboringizga ularning top-10 taligini havola etamiz:

  1. Kompyuter va axborot tizimlari menejeri.
  2. Fiziklar va jarrohlar.
  3. Tibbiy menejerlar.
  4. Barcha toifadagi menejerlar.
  5. Bozor tadqiqotlarlari analitigi va marketing mutaxassislari.
  6. Boshqaruv sohasidagi analitiklar.
  7. Moliyaviy menejerlar.
  8. Umumiy va operatsion menejerlar.
  9. Ilova dasturiy ta’minotini ishlab chiqaruvchilar.
  10. Sertifikatlangan tibbiy xodim va hamshiralar.
Oldingi Keyingi