Men buni bajara olaman!

Hayotda shunday odamlar bo‘ladiki, ular mag‘rur, boshini baland ko‘tarib, ertangi kunga ishonch bilan va hayotdan nima istashini aniq bilgan holda yashaydi. Agar siz bunday baxtli odamlar qatorida bo‘lmasangiz, unda hozir hayotga bo‘lgan munosabatingizni o‘zgartirish va o‘zingizga ishonishni boshlashning ayni vaqti.

Hayot davomida siz turli sinov, mashaqqat va qiyin vazifalarga duch kelasiz. Ba’zan vazifaning murakkabligidan, tushkunlikka tushishingiz va o‘zingizni zaif his qilishingiz mumkin. Ammo o‘zingizga bo‘lgan ishonchni shakllantirib borib, o‘z qo‘rquvlaringizni yenga olasiz va “Men buni bajara olaman!” deb ishonch bilan ayta oladigan bo‘lasiz.

O‘z-o‘ziga ishonch qanday paydo bo‘ladi?

Hamma narsani yuragingizga yaqin olavermang. Avvalo hayotga, muammolaringizga va qiyinchiliklarga yengil qarashni o‘rganing, har doim o‘z-o‘zingizga: “Yechib bo‘lmaydigan masalalar yo‘q! Mening qo‘limdan keladi! Bu unchalik qiyin emas!” deb ayting. Maqsadni to‘g‘ri belgilash — 70% muvaffaqiyatni anglatadi.

O‘z imkoniyatlaringizga ishonishni boshlang! O‘z kuchi va mahoratiga ishonmaslik katta xatodir. Biz ko‘pincha o‘zimizni biznikiga o‘xshagan muammolarini yecha olmagan boshqa odamlarga solishtiramiz, “Uning qo‘lidan kelmagan, demak, mening ham qo‘limdan kelmaydi” deb no‘to‘g‘ri fikrlaymiz. Chunki, har bir odam boshqalarga o‘xshamagan o‘ziga xos bilim va qobiliyatga ega.

Avval erishgan yutuqlaringiz va g‘alabangizni eslang. Balki siz musobaqalar va olimpiadalarda qatnashgandirsiz? O‘tmishdagi tajribalaringizni hozirgi vaqtda ham qo‘llashga urinib ko‘ring. Har doim o‘z oldingizga maqsad qo‘ying, rejalar tuzing, ularni bajarishga muddat belgilang, to‘xtab qolmang va shu tariqa o‘zingizga ishonch paydo bo‘ladi.

Oldingi Keyingi