Men — shaxsman
Ba’zan, muloqotlarda “shaxs” degan tushunchalarni eshitib qolamiz. Bu nima degani?
Shaxs — o‘zida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi.
Shaxs, mohiyatiga ko‘ra, madaniylashgan, ong, aql orqali faoliyatini boshqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan, an’ana, turmush tarzi va tajribaga asoslangan muayyan avlodlar vakili hisoblanadi. Inson shaxs sifatida komillikka intiladi, hayot mazmunini boyitadi, shu asosda kishilik jamiyatining go‘zal va farovon bo‘lishiga ehtiyoj sezadi.
Shaxsning hayot tarzi bevosita jamiyat hayotiga daxldor. Inson hayotning barcha ne’matlaridan foydalanish huquqiga ega. Shaxs tushunchasi inson tushunchasining yuksak ko‘rinishi, oliy maqomidir. Har qanday insonning hayoti bebahodir.
Shaxsni ko‘plab va xilma-xil omillar, masalan, genetik (nasliy), biologik-tabiiy, madaniy, ijtimoiy hayot tajribasi, o‘z turdoshlari bilan o‘zaro munosabat kabilar shakllantiradi.
Men shaxs sifati o‘z hayotim, turmush tarzim, faoliyatim, o‘qishlarim, kelajakdagi orzu intilishimlarimni ro‘yobga chiqishida jamiyatda belgilab berilgan me’yorlardan foydalangan holda harakat qilaman. Shaxsga berilgan har qanday maqomdan, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy huquqlardan foydalanaman, o‘z o‘rnida belgilab berilgan burch va majburiyatlarni bajara olaman.