Nima uchun ba’zi odamlar chapaqay bo‘ladi?
13-avgust dunyoda “Chapaqaylar kuni” hisoblanadi. Bu norasmiy bayram 1992-yilda Britaniya chapaqaylar klubi tashabbusi bilan tashkil etilgan. Dunyoda 15%ga yaqin odam chapaqay. Bu degani har yettinchi odam chapaqay hisoblanadi.
Chapaqaylikning ko‘plab sport turlarida afzallik jihatlari bor, masalan, qilichbozlik, tennis, futbol va gandbol kabilarda. Chapaqaylarda tasavvur va hissiyotlar ancha rivojlangani sababli ular orasida ijodkor odamlar: rassom, yovuvchilar ko‘proq uchraydi.
Ko‘plab buyuk shahslar, olimlar chapaqay bo‘lgani ma’lum. Ular orasida Albert Eynshteyn, Charli Chaplin, Arximed, Mixail Lomonosov, Isaak Nyuton va Charlz Darvin kabi olimlar ajralib turadi. Mashhur yozuvchilar A.S. Pushkin, M. Tven, F. Kafka, G. X. Andersen, L.N. Tolstoy, G. Uells, L. Kerrol, M.S. Leskov va V.V. Mayakovskiylar ham o‘zlarining yorqin asarlarini chap qo‘li bilan yozganlar.
Chapaqay insonlar uch turga bo‘linadi.
- Majburiy chapaqaylar — qo‘li singan yoki shikastlangan bolalarga ota-onalari yoki maktabdagi o‘qituvchilari tomonidan chap qo‘lda yozish o‘rgatiladi. Ammo ular qanchalik urinmasinlar, husnixatlari chiroyli bo‘lmaydi, chunki ular tabiatan o‘ng qo‘lda yozishga o‘rganganlar.
- Taqlidiy chapaqaylar. Bunday insonlar bolalik chog‘idan oila a’zolari yoki maktabdagi o‘rtoqlariga qarab chapaqay bo‘lganlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak bunday chapaqay bolalarning yozuvi xunuk va tartibsiz bo‘ladi.
- O‘z tabiatiga ko‘ra chapaqay insonlar. Bunday odamlarda chap qo‘l tabiatan yaxshi rivojlangan bo‘ladi.