Nogironligi boʻlgan shaxslarning IELTS topshirishlari uchun maxsus sharoitlar
Eshitish, koʻrish yoki idrok etishda muammolari boʻlgan IELTS nomzodlari uchun turli tadbirlar tashkil etilishi mumkin. Ushbu tadbirlarni British Council ham, IDP ham tashkil qilishi mumkin. Bunday sharoitlarni ta’minlash shartlari va xizmatlari roʻyxati ikkala test markazlarida ham bir xil.
Bularga quyidagilar kiradi:
● ogʻzaki nutqdan test savollari katta bosma harflarda yoki Brayl alifbosida taqdim etiladi;
● Brayl alifbosida chop etilgan test varaqlari;
● nutq testi paytida lab orqali oʻqish versiyasi;
● “Speaking” boʻlimida lablarni oʻqish qobiliyati bilan tinglash;
● oʻqish va yozish va/yoki kompyuterdan foydalanish uchun qoʻshimcha vaqt berish(masalan, disleksiyasi* boʻlgan test topshiruvchilar uchun);
● tinglash testi paytida eshitish qobiliyati muammolariga ega boʻlganlar uchun kuchaytiruvchi uskuna va/yoki labdan oʻqish versiyasidan foydalanish sharoitlari;
● agar nomzodda koʻrish bilan bogʻliq muammolar boʻlsa, test markazi siz uchun javoblaringizni kiritadigan maxsus yordamchini taqdim etishi mumkin.
Agar nomzodga yuqoridagi maxsus sharoitlardan birortasi kerak boʻlsa, u holda imkon qadar tezroq test markaziga murojaat qilish kerak. Har bir holatda tibbiy ma’lumotnoma keltirilishi kerak.
● Sinov shartlariga oʻzgartirishlar test sanasidan olti hafta oldin ogohlantirishni talab qiladi.
● Imtihon varoqlariga oʻzgartirish kiritish uchun uch oy oldin ogohlantirishni talab qilishi mumkin.
Tibbiy ma’lumotnoma
Ma’lumotnoma quyidagi mezonlarga javob berishi kerak:
● Tibbiy ma’lumotnoma IELTS ma’muriyatiga til va husnihat nuqtai nazaridan tushunarli boʻlishi kerak.
● Tibbiy ma’lumotnoma mahsus blankda toʻldirilgan asl hujjat boʻlishi kerak. Unda tegishli shifokorning ismi, malakasi va imzosi kiritilishi kerak.
● Ma’lumotnoma nomzodga imtihon topshiruvchining cheklangan imkoniyatlari haqida aniq ma’lumot va xulosa berishi kerak.
● Alohida holatlarga ehtiyoj mavjudligining aniq sabablari keltirib oʻtilishi lozim
Asosiy me’zonlardan tashqari qoʻshimcha mezonlar ham mavjud. Ular oʻrganishda nuqsoni boʻlgan nomzodlar uchun maxsus tadbirlarga ariza berishda qoʻllaniladi (masalan, disleksiya):
● Tibbiy ma’lumotnoma imtihon sanasidan ikki yil avvalroq boʻlmagan davrda, tibbiy xulosa shaklida taqdim etilishi kerak.
● Ma’lumotnomada imkoniyati cheklanganligining darajasi batafsil koʻrsatilgan boʻlishi kerak.
● Ma’lumotnomada ushbu qobiliyatsizlik haqidagi xulosa toʻgʻri va e’tirof etilgan testlardan soʻng olinganligi kafolati boʻlishi kerak.
● Hisobot yuqori malakali, sertifikat yoki diplomga ega shifokor tomonidan taqdim etilishi kerak.
● Yuqoridagi hujjatlar IELTS arizasiga ilova qilinishi kerak.
● Hujjatlar ingliz tilida boʻlishi yoki rasmiy ingliz tiliga tarjimasi bilan birga boʻlishi kerak.
Umid qilamizki, bu maʼlumotlar IELTS imtihoniga roʻyxatdan oʻtishingizda sizga yordam beradi!
*Disleksiya — bu oʻquv kasalligi boʻlib, unda bolada tinglash, gapirish, oʻqish, yozish, mulohaza yuritish va matematik koʻnikmalarni egallash va ulardan foydalanishda jiddiy qiyinchiliklar paydo boʻladi.