Qanday qilib yetakchi boʻlish mumkin?

Liderlik (inglizcha: leader — yetakchi, boshlovchi soʻzidan) — umumiy bir ishni bajarishda boshqalarning yordami va harakatini tashkillashtirish va boshchilik qilish qobiliyati. Sinfdoshlaringiz orasida albatta tashkiliy ishlarni hal qiladigan va boshqalarni yetaklaydigan lider bor boʻlsa kerak.

Lider yoxud yetakchi — umumiy maqsadlarga erishishda insonlarni birlashtiruvchi shaxsdir.

Xoʻsh, jamoada lider boʻlish uchun nimalar qilish kerak?

  • oʻzingizga ishoning;
  • har bir inson lider boʻlishi mumkinligiga ishoning;
  • va’dalaringizning uddasidan chiqing;
  • oʻzingizni guruhning bir qismi deb biling;
  • oʻz izdoshlaringizga yaxshi munosabatda boʻling;
  • jamoangizni takomillashtirishga boʻlgan sadoqatingizni koʻrsating;
  • jamoa bilan maslahatlashing;
  • kerak boʻlgan hollardagina lider boʻling;
  • qarorlar qabul qilishni va oqibatlari uchun javobgarlikni oʻz zimmangizga olishni oʻrganing.

Liderlik kuch ishlatishga asoslanmagan va bunday boʻlishi mumkin ham emas. Haqiqiy liderlar doim jamiyatga kerak shaxslar hisoblanadi. Shubhasiz, hozirgi kunda liderlik har qanday ishda eng muhim jihatlardan biri hisoblanadi.

Oldingi Keyingi