Xalqaro IELTS imtihoniga roʻyxatdan oʻtish jarayoni

IELTS imtihonidan oʻtish uchun sizga shaxsingizni tasdiqlovchi guvohnoma taqdim etish va toʻlov qilish kerak boʻladi. Quyidagi maqola orqali bu haqda aniqroq ma’lumotga ega boʻlasiz.

Kerakli hujjatlar roʻyxati:

  1. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat. Roʻyxatdan oʻtishda siz test saytiga shaxsiy guvohnomangiz (pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi milliy guvohnoma) skanerini yuklashingiz kerak boʻladi. Sinov kuni kelgach, roʻyxatdan oʻtish vaqtida uning muddati oʻtib ketmagan boʻlishi kerak. Agar siz 18 yoshdan kichik boʻlsangiz, ota-onangiz testda qatnashishingizga rozilik blankasini toʻldirishlari kerak boʻladi. IELTS topshirish 16 yoshdan kichiklar uchun tavsiya etilmaydi.

Agar siz Oʻzbekistonda 2021-yil 1-yanvardan boshlab berilishni boshlangan ID kartangiz orqali roʻyxatdan oʻtayotgan boʻlsangiz, roʻyxatdan oʻtish varaqasiga kiritgan toʻliq ismingiz ID kartangizning old qismidagi ismga, jumladan apostroflarga toʻliq mos kelishini tekshiring.

Eslatib oʻtish joizki, agar siz xalqaro universitetga hujjat topshirayotgan boʻlsangiz, milliy guvohnoma va xalqaro pasportda ism va familiyaning turlicha yozilishi bilan bogʻliq turli tushunmovchiliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun xalqaro pasport ma’lumotlari bilan roʻyxatdan oʻtishni tavsiya qilamiz.

2. Toʻlovni amalga oshiring. Sinov uchun toʻlovni onlayn yoki bank pul oʻtkazmasi orqali amalga oshirishingiz mumkin. Mobil ilovalar orqali toʻlovlarni amalga oshirishdan oldin batafsil koʻrsatmalar bilan tanishib chiqing.

Oldingi Keyingi