Учебник.png

Yomon o‘qisangiz nima bo‘ladi?

Sinfdoshlaringiz orasida o‘quv yili davomida dars mashg‘ulotlariga muntazam qatnashmaganligi yoki fanlarni o‘zlashtira olmagani tufayli takroran o‘qish uchun sinfda qoldirilganlari bor bo‘lishi mumkin. Ushbu maqolani o‘qib, o‘quvchilarni qayta o‘qishga qoldirish mumkinmi yo‘qmi bilib olasiz.

“Umumiy o‘rta ta’lim oluvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi to‘g‘risida”gi nizomning (Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 20-martda 1778-son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 36-bandida belgilanganidek, yillik baho va yakuniy attestatsiya natijalariga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim davlat ta’lim standartlari talablarini bajarmay, “qoniqarsiz” ya’ni “2” baho olgan bitiruvchilar shu sinfda qayta o‘qishga qoldiriladi.

Bu nima degani?

O‘quvchilar muntazam dars mashg‘ulotlariga qatnashmasligi natijasida fanlarni o‘zlashtira olmaydi, fanlarni o‘zlashtira olmasa choraklik va yillik baholari qoniqarsiz (ikki) bo‘ladi, natijada yakuniy attestatsiyaga (bitiruv yoki bosqichli imtihonlar) qo‘yilmaydi, oqibatda, o‘quvchilar maktab pedagogik kengash qarori bilan takroran o‘qish uchun sinfda qoldiraladi.

Bu qonuniy talabmi?

Albatta, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunida umumiy o‘rta ta’lim majburiy etib belgilangan va undagi davlat ta’lim standartlarini o‘zlashtirish ham majburiy.

Shuning bois albatta maktabda barcha fanlarni imkon qadar o‘zlashtirishga harakat qiling, tengdoshlaringizdan, sinfdoshlaringizdan orqada qolmay desangiz, hayotda muvaffaqiyatga erishaman desangiz, albatta o‘qing!

Oldingi Keyingi