Yuqori ball olish uchun Writing Task 1 boʻlimini qanday yozish kerak?
Ushbu maqolada yuqori bal olish uchun IELTS Academic Writing Task 1 da berilgan vazifalarni qanday qilib toʻgʻri bajarish haqida bilib olasiz.
Vazifaga javob yozishdan avval uni tahlil qiling: mavzu qanday, kalit ma’lumotlar qaysilar, ular bir-biri bilan qanday bogʻliqlikka ega.
Kalit ma’lumotlar — bu diagrammada eng koʻp ajralib turadigan ma’lumotlar. Misol uchun, agar diagrammada 5 ta davlat koʻrsatilgan boʻlsa, bu 5 ta davlat asosiy obyektlar hisoblanadi. Agar siz bir mamlakatni oʻtkazib yuborsangiz, tavsifingiz toʻliq boʻlmaydi va past ball olishingiz mumkin.
Vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun yozishingiz lozim boʻlgan ma’lumotlar roʻyxati:
- Diagrammada keltirilgan asosiy funksiyalarni tasvirlab berish.
- Diagrammadagi ushbu ma’lumotlardan foydalangan holda har bir asosiy funksiyani ta’riflash (masalan, raqamlar, foizlar, binolar, inshootlar, xonalar).
7.0 yoki undan yuqori ball olish uchun qanday ma’lumotlarni ta’riflashingiz kerak?
- Har bir asosiy element uchun yordamchi maʼlumotlar (masalan, yosh guruhlari, mahsulotlar, yillar).
- Diqqatga sazovor raqamlar (masalan, yuqori koʻrsatkichlar, pasayishlar, tebranishlar yoki barqarorlik davri).
- Oshgan yoki kamaygan raqamlar.
- Umuman oʻzgarmagan koʻrsatkichlar.
- Xaritadagi binolar nomlari (masalan, doʻkon, pochta, kutubxona).
- Xaritada koʻrsatilgan yoʻllar, yoki koʻpriklar.
- Agar xarita berilgan boʻlsa, unda oʻzgargan narsalar (masalan, binolar joylashuvi, ta’mirlash, koʻchirish).
- Yangi inshootlar (masalan, binolar, yoʻllar, obyektlar).
- Jarayon berilgan boʻlsa, uning har bir bosqichi haqida qiqacha ma’lumot.
- Jarayonda ishlatiladigan materiallar yoki jihozlar.
Quyidagi xatolarga yoʻl qoʻymang:
● Jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni shunchaki ta’riflab yozmang (masalan, 1992-yilda 2% ni tashkil etgan. 1993-yilda 3% ni tashkil etgan. 1994-yilda esa 6%...) Buni oʻrniga raqamlarni taqqoslashingiz mumkin.
● Ma’lumotlarni ta’riflar ekansiz, ular haqida aniq yozing Qanday ma’lumotlar berilganligini aniqlash uchun ularni diqqat bilan oʻrganib chiqqaningizga ishonch hosil qiling.
● Vazifaga javob berish uchun hisob-kitoblardan foydalanmang (masalan, oʻrtachalarni hisoblash, raqamlarni qoʻshish yoki ayirish). Ma’lumotlarni qanday boʻlsa, shunday qilib koʻrsating.
● Jadvalni tahrirlashda e’tiborli boʻling. Albatta imtihonda hayajonlanishingiz mumkin, ammo ma’lumotlarni kiritayotganda ularning aniqligiga ahamiyat bering. Yodingizda boʻlsin ularni chalkashtirish test notoʻgʻri ishlanganini bildiradi va balingizni tushirishi mumkin.
Bugun oʻrganganlarimizga qoʻshimcha qilib, IELTS Academic Writing Task 1 da 7.0 va undan yuqori ball olish uchun ushbu 3 ta narsani yodda tuting:
- Aniq kirish soʻzini yozing. Lekin savolni soʻzma soʻz koʻchirmang. Jumlalarni oʻzgartirsh usulidan foydalaning.
- Diagrammada koʻrgan narsangizning xulosasini aniq yozing.
- Barcha asosiy funksiyalarni raqamlar (ma’lumotlar) orqali koʻrsating.
Unutmang, Writing Task 1 da xulosa yozish talab etilmaydi.