Аккаунт пользователя.png

“Bezorilar” bilan qanday kurashish kerak?

Qoʻrqinchli xabarlar bilan nima qilish kerak?

Kimdir menga ijtimoiy tarmoqlarda meni haqoratlaydigan yoki bezovta qiladigan xabarlarni yuboradi. Men nima qilishim kerak?

Agar kimdir sizga haqoratlaydigan yoki bezovta qiladigan xabarlarni yuborsa, quyidagi maslahatlarimizga amal qilishingiz mumkin:

● Avvalo, “qoʻrqinchli” xabarlarni javob tariqasida QAYTARMANG. Bunday holatlarda siz ishonadigan odam bilan nima sodir boʻlayotganligi va unga nimalarni his qilayotganingiz haqida oʻrtoqlashib aytib bering.

● Agar siz ushbu xabarlarni yuborayotgan odamni bilsangiz, nima uchun bu odam sizni xafa, bezovta qiladigan yoki gʻazablantiradigan xabarlar joʻnatayotganligini soʻrash uchun u bilan uchrashish haqida oʻylab koʻring.

● Aksariyat ijtimoiy media platformalar sizga siz istamagan shaxslarni “toʻsib qoʻyishga (bloklashga)” imkon beradi va shunda u shaxslar siz bilan bogʻlana olmaydilar yoki xabarlar yuborish imkonidan ham mahrum boʻladilar. Facebook ijtimoiy tarmogʻida joʻnatuvchining profilini bosishingiz va keyin “bloklash” tugmachasini bosishingiz mumkin. Siz foydalanayotgan telefon modeliga qarab, ushbu tugmaning koʻrinishi har xil boʻlishi mumkin.

● Aksariyat ijtimoiy media platformalarida bezorilik va gʻazablantiruvchi hodisalar boʻyicha qat’iy qoidalar mavjud boʻlib, bu sizga ushbu qoidalarni buzgan shaxs haqida xabar berish imkoniyatini beradi. Facebook ijtimoiy tarmogʻida siz ushbu qoidalarni buzganlar toʻgʻrisida xabar berishingiz mumkin. Buning uchun ularning profiliga kirib, “xabar berish” tugmachasini bosishingiz kerak.

Oldingi Keyingi