Buni sir tuting
Nima uchun parollar juda muhimligini bilib oling
Nima uchun men foydalanmoqchi boʻlgan ba’zi veb-saytlar uchun parollar yaratishim kerak?
● Parollar sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni, sms yozishmalaringizni, pochtangizni va ijtimoiy tarmoqdagi akkauntlaringizni himoya qilishga yordam beradi.
● Parollaringizni hech kimga aytmasligingiz va bermasligingiz kerak!
● Ishonchli va xavfsiz parol harflar, raqamlar va belgilardan iborat boʻladi.
● Sizning ismingiz, tugʻilgan kuningiz sanasi yoki "1234567", “QWERTY” kabi ketma-ket raqamlar va harflar kabi zaif parollarni har kim osonlikcha taxmin qilishi va sizning hisobingizga (akkaunt) kirishi mumkin.
● Barcha hisoblaringiz uchun bir xil parolni ishlatmang.
● Parollaringizni har ikki-uch oyda oʻzgartiring.