Fotosuratlarimni joʻnatishim toʻgʻrisidagi soʻrovlarga qanday javob berishim kerak?
Suratni yuborishdan oldin yaxshilab oʻylab koʻring!
Meni qiziqtirgan qiz/yigit bilan tanishdim, endi u mening ayrim fotosuratlarimni yuborishimni soʻrayapti. Bu yaxshi fikr ekanligiga amin emasman...
● Biror kishiga fotosuratlaringizni yoki videolaringizni (har qanday turdagi) yuborganingizdan soʻng, keyinchalik siz joʻnatgan fotosurat yoki videolaringiz bilan nima sodir boʻlishini umuman nazorat qila olmaysiz. Fotosurat yoki video internet orqali tez tarqalishi mumkin.
● Siz, albatta, ma’lum bir kishiga ishonishingiz mumkin, ammo afsuski, agar munosabatlaringiz toʻxtasa, oʻrtangizda kelishmovchilik yuzaga kelsa, sizning telefoningiz begona yoki sizga nisbatan gʻarazli niyatda boʻlgan odamlar qoʻliga tushib qolishi mumkin. Natijada siz yuborgan fotosuratlar yoki videolar orqali ular sizni qoʻrqitish, xafa qilishlari mumkin va hatto oʻzlarining gʻarazli niyatlarini amalga oshirish maqsadida sizga biron-bir qabih ishni bajartirish uchun foydalanishlari mumkin.
● Internetda fotosuratlar/videolar joylashtirilgandan soʻng, ularni yoʻq qilishning deyarli iloji yoʻq.
● Keyinchalik afsuslanishingizga sabab boʻladigan narsalarni qilmang.