Ijtimoiy tarmoq orqali doʻstlashishni taklif qilayotgan kishi bilan tanishmisiz?
Yangi doʻstlardan soʻrovlarni qabul qilish.
Kimdir menga ijtimoiy tarmoqlardan doʻst boʻlish taklifini yuboradi, lekin men bu odam bilan tanish emasman. Men nima qilishim kerak?
● Ijtimoiy tarmoqlarda ba’zan odamlar ma’lum bir yoki koʻplab yangi doʻstlar orttirmoqchi boʻlishadi, shuning uchun ular tanimaydigan odamlarga doʻst boʻlish taklifini yuborishadi.
● Taklifni qabul qilishdan oldin, doʻst boʻlishni taklif qilgan shaxsning profilini koʻrib chiqib, kimligini tushunishga harakat qilishingiz kerak. Bu shaxs bilan sizning umumiy yaqin doʻstlaringiz bormi? Siz bu shaxs bilan bir shaharda yashaysizmi?
● Shaxsiy ma’lumotlaringizni u bilan baham koʻrishni istamasangiz, taklifni qabul qilmasligingiz kerak. Taklifni rad etishdan aslo qoʻrqmang!
● Bu shaxsga oid maxfiylik sozlamalarini toʻgʻirlang, shunda agar siz buni xohlamasangiz, sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni koʻra olmaydi.
● Shuni ham yodda tutingki, ba’zida yomon niyatli odamlar internetda oʻzlarini boshqa shaxsdek koʻrsatishga, aslida kim ekanliklarini yashirishga harakat qilishadi.