like.jpg

Internetdan foydalanishga qay darajada tayyorsiz?

Testdan oʻting!

Barcha savollarga "HA" yoki "YOʻQ" javobini bering. Javoblarni qogʻozga yozing, soʻngra toʻgʻri javoblarni bilish uchun ushbu maqolaning oxiriga oʻting!

1-savol:

Ijtimoiy tarmoqlarda kimdir meni haqorat qiladi. Men ham unga huddi shu tarzda haqorat bilan javob bersam toʻgʻri boʻladimi? (“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

2-savol:

Doʻstimning xabarlarini koʻrish uchun uning akkauntiga atigi ikki daqiqaga kirdim. Bu toʻgʻrimi? (“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

3-savol:

Kimdir ijtimoiy tarmoqda nooʻrin xabarlarni joylashtiryapti. Men bu haqda sayt yurutuvchilarga xabar qilsam toʻgʻri boʻladimi?

(“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

4-savol:

Internetda yangi tanishim paydo boʻldi va u meni oʻzi bilan uchrashishga taklif qilmoqda. Agar men borsam, bu TOʻGʻRI boʻladimi? (“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

5-savol:

Internetdagi pul yutuqlari yoki boshqa yutuqlar haqidagi e’lonlar (postlar) firibgarlik hisoblanadimi?

("HA" yoki "YOʻQ" deb javob bering)

6-savol:

Men aloqa qilmagan va tanimagan odamdan xabar oldim. Xabarda nima yozilganligini koʻrish uchun uni ochishim kerakmi? (“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

7-savol:

Agar parollarimni birovga, hech boʻlmasa eng yaqin doʻstimga bersam TOʻGʻRI boʻladimi? (“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

8-savol:

Internetda topilgan birovning ishini oʻzingizning maktab loyihangizda ishlatish TOʻGʻRI boʻladimi? (“HA” yoki “YOʻQ” deb javob bering)

Sinovda qanchalik yaxshi natijalarga erishdingiz? Keling, koʻrib chiqaylik!

Savol 1. Javob “YOʻQ”. Mish-mishlarni yoki haqoratli xabarlarni/havolalarni yoki odobsiz hikoyalarni, yoki fotosuratlarni tarqatmang, hattoki kimdir buni sizga nisbatan birinchi boʻlib qilgan boʻlsa ham. Bu vaziyatni yanada yomonlashtiradi. Koʻproq bilmoqchimisiz? “Bezorilar bilan qanday muomala qilish” boʻlimini oʻqing.

Savol 2. Javob “YOʻQ”. Boshqalar singari, siz ham shaxsiy hayotingiz daxlsizligi huquqiga egasiz. Boshqalarning akkauntlariga kirish yoki ularning telefon raqamlari, yoki profillaridan ularning ruxsatisiz foydalanish mumkin emas. Koʻproq bilmoqchimisiz? “Buni sir tuting” boʻlimini oʻqing.

Savol 3. Javob “HA”. Koʻpgina ijtimoiy tarmoqlar platformalarida siz ushbu ijtimoiy media platformasining jamoat normalariga zid boʻlgan ma’lum bir xabar yoki fotosurat haqida xabar berishingiz mumkin. “Facebook”da bezorilik, zoʻravonlik rasmlari va spam qonunbuzarlikka kiradi. Koʻproq bilmoqchimisiz? “Sizni xafa qilgan yoki tushkunlikka tushiradigan fotosuratlar/matnlar” boʻlimini oʻqing.

Savol 4. Javob “YOʻQ”. Internetda tanishgan odam bilan birinchi va keyingi uchrashuvlarda ehtiyot boʻling. Uchrashuv uchun har doim jamoat joyini tanlang (masalan, savdo markazi) va doʻstingizga yoki oila a’zolaringizga qayerga borishingizni va kim bilan uchrashishingizni aytib bering. Doʻstingiz yoki oila a’zolaringizdan biri siz bilan birga borishlarini iltimos qilsangiz maqsadga muvofiq boʻladi. Bu haqida koʻproq bilmoqchimisiz? “Ushbu ish toʻgʻrisidagi taklif haqiqiymi?” boʻlimini oʻqing.

Savol 5. Javob "HA". Agar siz Internetdan foydalanayotgan boʻlsangiz, sizga elektron pochta orqali yoki matn shaklida pul yoki biron sovrin, masalan mobil telefon yoki ta’til chiptasi kabi narsalarni yutganingiz haqida xabar kelishi mumkin. Bunday xabarlar firibgarlikdir va ularga ishonmaslik kerak! Hech qanday musobaqada yoki tanlovda qatnashmasdan turib, biror narsa yutib olishning iloji yoʻq! Koʻproq bilmoqchimisiz? “Naqd yutuqlar toʻgʻrisida xabar olasizmi?” Boʻlimini oʻqing.

Savol 6. Javob "YOʻQ". Siz tanimaydigan odamlardan kelgan elektron pochta xabarlarida joylashgan havolalarni bosmang. Koʻproq bilmoqchimisiz? “Pul yutuqlari toʻgʻrisida xabar olasizmi?” Boʻlimini oʻqing.

Savol 7. Javob “YOʻQ”. Parollaringizni hech kimga aytmasligingiz kerak. Koʻproq bilmoqchimisiz? “Buni sir tuting” boʻlimini oʻqing.

Savol 8. Javob "HA". Internetda amaliy ishlar va izlanishlar uchun juda koʻp ma'lumotlar mavjud. Eng yaxshi yoʻli sifatida siz maktab/universitet loyihangizning “Bibliografiya” qismida ishlatmoqchi boʻlgan ma’lumot yoki maqolangizning asl sarlavhasini va u haqida koʻproq tafsilotlarni kiritishingiz kerak. Internetda topgan birovning ishini oʻzingiznikidek qilib ishlatish notoʻgʻri. Koʻproq bilmoqchimisiz? “Loyihalar uchun Internetdan qanday foydalanish” boʻlimini oʻqing.

Birdan toʻrttagacha TOʻGʻRI javob berdingizmi? - Yaxshi, lekin a’lo emas. Siz hali koʻp ish qilishingiz kerak, shuning uchun “Connect Smart” dagi barcha ma’lumotlarni oʻqing, yana bir bor sinovdan oʻting va natijalaringiz qanday yaxshilanayotganini koʻring.

Beshdan yettitagacha TOʻGʻRI javob berdingizmi? – A’lo, siz deyarli maqsadga erishdingiz! Xato qilgan joylarni diqqat bilan qayta oʻqing va yana sinovdan oʻting!

Barcha sakkizta savolga TOʻGʻRI javob berdingizmi? Ajoyib, siz Internet yulduzisiz! Doʻstlaringizga ayting va Internetdan foydalanishga qanchalik tayyor ekanliklarini aniqlash uchun test topshirishni taklif qiling.

Oldingi Keyingi