superfoydalanuvchi.jpg

Internetning super foydalanuvchisiga aylaning

Har kim bilishi kerak boʻlgan oʻnta narsa

Internetdan va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish boʻyicha muhim maslahatlar:

  1. Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda bildirgan fikrlariga hurmat bilan munosabatda boʻling, hattoki siz ularning fikrlariga qoʻshilmasangiz ham.
  2. Shaxsiy ma’lumotlaringizni, masalan, manzilingiz, telefon raqamingiz yoki bank ma’lumotlari kabi muhim ma’lumotlaringizni begona shaxslarga bermang.
  3. Internet orqali onlayn rejimida xarid qilishda ehtiyot boʻling. Faqat ishonch qozongan veb-saytlardan xarid qiling.
  4. Internetda bepul taklif qilinadigan har qanday narsadan ehtiyot boʻling — bu firibgarlik boʻlib chiqishi mumkin. Ma’lumotni faqat ishonchli veb-saytlardan yuklab oling.
  5. Shuni yodda tutingki, hatto bepul yuklab olish ham sizni pulga sotib olingan internet vaqtingizdan pulni sarf qilishi mumkin, chunki ushbu yuklamalar vaqtida ma’lumotdan foydalaniladi va mavjud efir vaqti sarflanadi.
  6. Siz foydalanadigan ijtimoiy tarmoq platformalaringizda maxfiylik sozlamalarini oʻzgartirishingiz mumkin, bu sizning ma’lumotlaringizni va fotosuratlaringizni kim koʻrayotganligini kuzatib borishingizni osonlashtiradi.
  7. Internetda birinchi marta oʻqigan har bir narsaga ishonmang. Boshqa ishonchli maqolalarni, manbalarni, veb-saytlarni yoki odamlar bildirayotgan fikrlarni qidirib toping.
  8. Siz ham, boshqalar singari, shaxsiy hayotingiz daxlsizligi huquqiga egadirsiz. Siz boshqalarning ijtimoiy tarmoq hisoblariga kirishingiz yoki egalarining ruxsatisiz ularning telefon raqamlaridan yoki profillaridan foydalanmasligingiz kerak.
  9. Mish-mishlarni yoki haqoratli va odobsiz xabar va rasmlarni tarqatmang. Sizga kulgili boʻlib koʻringan narsalar kimnidir xafa qilishi mumkin.
  10. “Yuborish” tugmasini bosishdan oldin puxta oʻylab koʻring, ayniqsa xafa yoki tushkun holatda boʻlsangiz. Siz, fotosurat yoki videoni ijtimoiy tarmoq (Facebook, Instagram, Tik-Tok) yoki messenjerlarda (Telegram) joʻnatganingizdan soʻng, ular bilan nima boʻlishini va ularni kimlar koʻrishini kuzatib borish va boshqarish juda qiyin boʻladi va bu siz kutmagan salbiy, tuzatib boʻlmaydigan oqibatlarga olib kelishi mumkin.
Oldingi Keyingi